10719 Korxonalarning ulushli qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: baholarining qisqa muddatli o‘zgarishlari natijasida foyda olish
maqsadida sotib olingan yoki bank tomonidan boshqa biror usul orqali haqiqiy qiymatining
o‘zgarishi foyda va zararlar hisobotida aks etadigan qimmatli qog‘ozlar deb topilgan, korxona
(tashkilot)larning ulushi qimmatli qog‘ozlari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqniig debetida sotib olingan va/yoki Markaziy bank me’yoriy hujjatlariga
asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlardan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan
korxonalar ulushli qimmatli qog‘ozlarining xarid qiymati (sotib olish xarajatlari bunga
kirmaydi) aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan va/yoki Markaziy bank me’yoriy
hujjatlariga asosan qayta tasniflangan va boshqa mos hisobvaraqlarga o‘tkazilgan ulushli
qimmatli qog‘ozlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob korxona (tashkilot)lar tomonidan chiqarilgan ulushli qimmatli
qog‘ozlarning turi va emitentlar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |