qiymatining o‘zgarishi
Hisobvaraqning ta’rifi: sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlarga qilingan
investitsiyalar haqiqiy qiymatining o‘zgarish hisobi yuritiladi.
Hisobvaraqning debetida sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar haqiqiy
qiymatining o‘sishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda, sotishda
yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilgan holatlarda o‘zlashtirilmagan zararlarni hisobdan
chiqarish summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotishga mo‘ljallangan qimmatli qog‘ozlar haqiqiy
qiymatining pasayishi, shuningdek qimmatli qog‘ozlar qadrsizlanganda, so‘ndirilganda,
sotishda yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan chiqarilgan holatlarda o‘zlashtirilmagan foydani
hisobdan chiqarish summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlar turi va muddatlari hamda emitentlari bo‘yicha alohida
shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |