O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


yetishtirish uchun berilgan muddati o‘tgan kreditlar


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

yetishtirish uchun berilgan muddati o‘tgan kreditlar
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning ta’rifi: Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan
qo‘llab-quvvatlash  jamg‘armasi  mablag‘lari  hisobidan  Davlat  ehtiyojlari  uchun  xarid
qilinadigan g‘alla yetishtirish uchun berilgan muddatida to‘lanmagan qisqa muddatli va paxta
xomashyosini yetishtirish uchun berilgan muddatida to‘lanmagan uzoq muddatli kreditlarning
hisobi olib boriladi.
(III-bo‘limning  13305-hisobvarag‘i  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki
Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)


Hisobvaraqning debetida qayta tasniflangan va 13301 — “Davlat ehtiyojlari uchun xarid
qilinadigan  g‘allani  yetishtirish  uchun  berilgan  qisqa  muddatli  kreditlar”,  13309  —  “Davlat
ehtiyojlari  uchun  xarid  qilinadigan  g‘allani  yetishtirish  uchun  berilgan  shartlari  qayta  ko‘rib
chiqilgan qisqa muddatli kreditlar”, 14301 — “Davlat ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan paxta
xomashyosini yetishtirish uchun berilgan uzoq muddatli kreditlar”, 14305 — “Davlat ehtiyojlari
uchun xarid qilinadigan paxta xomashyosini yetishtirish uchun berilgan shartlari qayta ko‘rib
chiqilgan uzoq muddatli kreditlar” hisobvaraqlaridan ushbu hisobvaraqqa o‘tkazilgan, g‘alla va
paxta  mahsulotlari  uchun  berilgan  muddatida  to‘lanmagan  kreditlarning  summasi  aks
ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  kreditlarning  boshqa  maqomi  bo‘yicha  qayta  tasniflangan
va/yoki  ko‘rilishi  mumkin  bo‘lgan  zararlarni  qoplash  uchun  zaxira  hisobidan  13399  —
“Ko‘rilishi  mumkin  bo‘lgan  zararlarni  qoplash  zaxirasi  —  Davlat  ehtiyojlari  uchun  xarid
qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan qisqa muddatli kreditlar
(kontr-aktiv)”  va  14399  —  “Ko‘rilishi  mumkin  bo‘lgan  zararlarni  qoplash  zaxirasi  —  Davlat
ehtiyojlari uchun xarid qilinadigan qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun berilgan
uzoq  muddatli  kreditlar  (kontr-aktiv)”  hisobvarag‘idan  chiqarilgan  hamda  qarzdorlar
tomonidan to‘langan qarzlarning summasi aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  har  bir  qarzdor  bo‘yicha  kredit  shartnomalariga  qarab  alohida  shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling