15923 Tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qarz qimmatli qog‘ozlari
Hisobvaraqning ta’rifi: tijorat banklarining so‘ndirilguniga qadar ushlab qolish va qat’iy
belgilangan daromad olish maqsadida xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa qimmatli
qog‘ozlari hisobi.
Hisobvaraqning debetida tijorat banklarining xarid qilingan obligatsiyalari va boshqa
qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati, shuningdek Markaziy bankning me’yoriy-
huquqiy hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlardan mazkur
hisobvaraqqa o‘tkazilgan qarz qimmatli qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi
Hisobvaraqning kreditida chiqib ketgan yoki Markaziy bankning me’yoriy-huquqiy
hujjatlariga muvofiq qayta tasniflangan va tegishli hisobvaraqlarga o‘tkazilgan qarz qimmatli
qog‘ozlarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Tahliliy hisob tijorat banklarining obligatsiyalari va boshqa qimmatli qog‘ozlarining
turlari va muddatlari bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |