O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet319/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

16500 Asosiy vositalar
16501 Yer
Hisobvaraqning  ta’rifi:  foydalanish  huquqi  bilan  sotib  olingan  yer  qiymati  hisobi  olib
boriladi.
Hisobvaraqning  debetida  sotib  olingan  yerning  yer  kadastri  ma’lumotlariga  ko‘ra
qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida hisobdan chiqarilgan yer qiymati aks ettiriladi.


Tahliliy  hisob  har  bir  yer  maydoni  (uchastkasi)  bo‘yicha  alohida  shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
16505 Tugallanmagan qurilishlar
Hisobvaraqning  ta’rifi:  binolarni,  inshootlarni  qurish,  jihozlarni  o‘rnatish  va  boshqa
asosiy  vositalar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  qo‘shimcha  xarajatlar  bilan  birga  barcha  xarajatlar
qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning  debetida  asosiy  vositalarni  rekonstruksiya  qilish  yoki  qayta  tiklash,
qurilish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha xarajatlar, shuningdek qayta baholash natijasida kiritilgan
tuzatishlar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida nihoyasiga yetkazilgan qurilish yoki rekonstruksiya qiymati,
shuningdek  qadrsizlanish  natijasida  vujudga  kelgan  zarar  va  qayta  baholash  natijasida
kiritilgan tuzatishlar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob asosiy vositalar turi (obyektlari) bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda
olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   315   316   317   318   319   320   321   322   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling