16509 Bankning imoratlari — Binolar va boshqa inshootlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning faoliyati va to‘liq ish yuritishi uchun zarur bo‘lgan,
unga tegishli binolarning va boshqa inshootlarning (xizmat binolari, ombor, garaj, oshxona,
o‘quv markazi, ijtimoiy infrastruktura obyektlari) qiymati hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida qurilgan bino va boshqa inshootlarning qiymati va/yoki sotib
olingan bino va boshqa inshootlarning ularni sotib olishdagi xarajatlarini hisobga olgan holdagi
qiymati, aktiv sifatida qabul qilish mezonlariga javob beradigan keyingi xarajatlar, shuningdek
qayta baholash natijasida kiritilgan tuzatishlar summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida sotilayotgan va/yoki boshqa yo‘l bilan hisobdan
chiqarilayotgan bino va boshqa inshootlarning qiymati, shuningdek qayta baholash natijasida
kiritilgan tuzatishlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir bino(inshoot)lar bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |