O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


Valyutalar savdosi va valyuta pozitsiyalari


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet349/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

17100 Valyutalar savdosi va valyuta pozitsiyalari
17101 Valyuta pozitsiyasi hisobvaraqlari
Hisobvaraqning  ta’rifi:  bittadan  ortiq  valyuta  kitoblarida  aks  ettiriladigan  xorijiy
valyutalar  ishtiroki  bilan  amalga  oshiriladigan  operatsiyalarda  bankning  valyuta  pozitsiyasi
hisobi yuritiladi. Shuningdek, ushbu hisobvaraq moliyaviy hisobotlar tuzish maqsadida xorijiy
valyutada  ifodalangan  aktiv  va  majburiyatlarning  milliy  valyutada  qayta  hisoblashda  kurs
farqlari  hisobini  yuritish  uchun  qo‘llaniladi.  Valyuta  kursi  farqidan  foyda/zarar  aks
ettirilgandan so‘ng, ushbu hisobvaraq qoldig‘i jamlangan balansda nolga teng bo‘lishi lozim.
Hisobvaraqning  debetida  (1)  xorijiy  valyuta  kitoblarida  sotilgan  xorijiy  valyuta
summasi, xorijiy valyutada to‘langan va hisoblangan xarajatlar hamda xorijiy valyutada sotib
olingan  aktivlar.  (2)  So‘m  kitoblarida  sotib  olingan  xorijiy  valyuta,  o‘z  aksiyalarini  xorijiy
valyutada  sotishdan  tushumlar  va  xorijiy  valyutada  olingan  yoki  hisoblangan  daromadlar,
shuningdek  xorijiy  valyutadagi  aktiv  va  majburiyatlarni  qayta  hisoblashdan  keyingi  ijobiy
natija (foyda)ning so‘mdagi ekvivalenti aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  (1)  xorijiy  valyuta  kitoblarida  sotib  olingan  xorijiy  valyuta
summasi, o‘z aksiyalarini xorijiy valyutada sotishdan tushumlar va xorijiy valyutada olingan va
hisoblangan  daromadlar  summasi  aks  ettiriladi.  (2)  So‘m  kitoblarida  sotilgan  xorijiy  valyuta
summasi, xorijiy valyutada to‘langan va hisoblangan xarajatlar hamda xorijiy valyutada sotib
olingan  aktivlar,  shuningdek  xorijiy  valyutadagi  aktiv  va  majburiyatlarni  qayta  hisoblashdan
keyingi salbiy natija (zarar)ning so‘mdagi ekvivalenti aks ettiriladi.
Tahliliy hisob valyuta turlari bo‘yicha alohitsa shaxsiy hisobvaraqda olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   345   346   347   348   349   350   351   352   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling