19929 Boshqa muddati uzaytirilgan xarajatlar
Hisobvaraqning ta’rifi: joriy davrda oldindan to‘langan, lekin kelgusi (1 yildan ortiq)
davr xarajatlari hisoblanadigan va qabul qilinadigan xarajatlar hisobga olinadi. Bunga ijara
bo‘yicha bo‘nak to‘lovlari, nashrlarga obuna to‘lovlari hamda mulk sug‘urtasi to‘lovlari va h.k.
kiradi.
Hisobvaraqning debetida bankning oldindan to‘langan kelgusi davr xarajatlari summasi
aks ettiriladi.
Hisobvaraqning
kreditida
oldindan
to‘langan
mablag‘larning
xarajatlar
hisobvaraqlariga debetlash orqali amortizatsiya qilingan qismining summasi, shuningdek
ularning qaytarilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob xarajatlar turi va har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda
olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |