20608 Xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning muddatli
depozitlari
Hisobvaraqning ta’rifi: xususiy korxonalar, fermer va dehqon xo‘jaliklari va to‘liq va
kommandit shirkatlari, mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli, aksiyadorlik
jamiyatlarining qat’iy o‘rnatilgan muddatga foizlar hisoblanishi bilan shakllangan mablag‘lari
hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning
muddatli depozit hisobvaraqlariga kelib tushgan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida xususiy korxonalar, xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlarning
muddatli depozit hisobvaraqaridan hisobdan chiqariladigan mablag‘lar aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir mijoz bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |