22412 Boshqa majburiyatlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos
tushmaydigan majburiyatlari bo‘yicha hisoblangan, lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib
boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek 22476 — “Shartnomaga
ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar” hisobvarag‘iga
o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilish summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob majburiyatlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22414 Chiqarilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan
foizlar
Hisobvaraqning ta’rifi: bankning chiqarilgan qimmatli qog‘ozlari bo‘yicha hisoblangan,
lekin hali to‘lanmagan foizlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lash uchun hisoblangan foizlar, shuningdek sotish
qiymatiga kiritilgan foizlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida to‘langan foizlar summasi, shuningdek “22476 — Shartnomaga
ko‘ra to‘lash uchun hisoblab yozilgan, biroq muddatida to‘lanmagan foizlar” hisobvarag‘iga
o‘tkazilgan va noto‘g‘ri hisoblangan foizlarning qaytarilgan summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob qimmatli qog‘ozlarning turi, muddati va chiqarilishi bo‘yicha alohida
shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |