22812 Kelgusi davr foizli daromadlari
Hisobvaraqning ta’rifi: oldindan olingan va ularning amalda ishlab topilganligiga qarab
davriy ravishda daromadga o‘tkaziladigan, foizlar/diskontlar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida olingan foizlar/diskontlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ishlab topilgan foizlar /diskontlar summasi hisobdan
chiqariladi.
Tahliliy hisob daromadlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
22896 Boshqa muddati uzaytirilgan daromadlar
Hisobvaraqning ta’rifi: yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan,
ularning amalda ishlab topilganligiga qarab davriy ravishda daromadga o‘tkaziladigan,
oldindan undirib olingan summalar hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida yuqorida ko‘rsatilgan turkum ta’riflarga mos tushmaydigan
oldindan undirilgan daromadlar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida ishlab topilgan daromadlar summasi hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob daromadlar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
23100 Mijozlarning plastik kartalariga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan pul mablag‘lari
Do'stlaringiz bilan baham: |