O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet494/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   490   491   492   493   494   495   496   497   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

mablag‘lar bo‘yicha tranzit hisobvaraqlar


(III-bo‘lim 23110-hisobvaraq nomi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-
yil  8-sentabrdagi  29/3-sonli  qarori  (ro‘yxat  raqami  773-37,  15.10.2018-y.)  tahririda  —  Qonun  hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hisobvaraqning  ta’rifi:  davlat  budjeti  va  budjetdan  tashqari  jamg‘armalarning
mablag‘lari  hisobiga  ish  haqi  va  unga  tenglashtirilgan  to‘lovlar,  shuningdek  pensiyalar,
kompensatsiyalar va boshqa ijtimoiy to‘lovlar bo‘yicha o‘tkaziladigan hamda Davlat xavfsizlik
xizmati,  Ichki  ishlar  vazirligi,  Mudofaa  vazirligi,  Favqulodda  vaziyatlar  vazirligi  va  Davlat
bojxona qo‘mitasi xodimlari (kontingent)ning plastik kartalariga o‘tkaziladigan pul mablag‘lari
hisobi olib boriladi.
(III-bo‘lim  23110-hisobvarag‘ining  ikkinchi  xatboshisi  O‘zbekiston  Respublikasi  Markaziy  banki
Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-sonli qarori (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) tahririda —
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Hisobvaraqning  kreditida  davlat  budjeti  va  budjetdan  tashqari  jamg‘armalarning
mablag‘lari hisobiga yuqorida ko‘rsatilgan budjet tashkilotlarining 20203, 20204, 20205, 21506,
21508, 23400 hisobvaraqlaridan o‘tkazilgan pul mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida 22618 — “Jismoniy shaxslarning plastik kartochkalari bo‘yicha
majburiyatlar”  jismoniy  shaxslarning  plastik  kartalari  hisobvaraqlariga  o‘tkazilgan  pul
mablag‘lari summasi aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  yuqorida  ko‘rsatilgan  budjet  tashkilotlari  bo‘yicha  alohida  shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   490   491   492   493   494   495   496   497   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling