Hisobvaraqning kreditida xo‘jalik yurituvchi subyektlarning o‘zaro debitorlik va
kreditorlik qarzlarini qisqartirish uchun Davlat budjetidan ajratilgan mablag‘lar yoki tijorat
banklari kreditlari yoxud faktoring operatsiyalari hisobiga maqsadli sxemalari orqali kelib
tushgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida maqsadli sxemalari bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblarda
qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlar hisobvarag‘iga o‘tkazilgan mablag‘lar va/yoki
Markaziy bankning ko‘rsatmasi bo‘yicha ushbu hisob-kitobda foydalanilmagan mablag‘lar
qismining tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir qatnashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyekt bo‘yicha alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: