23798 — Subordinar qarz bo‘yicha diskont (kontr-passiv)
Hisobvaraqning ta’rifi: subordinar qarzning haqiqatda olingan qiymatini (bitim
bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) qarzning so‘ndiriladigan summasi o‘rtasidagi (salbiy
farq) diskont summalari hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning debetida subordinar qarzning haqiqatda olingan qiymatini (bitim
bo‘yicha xarajatlarni hisobga olgan holda) qarzning so‘ndiriladigan summasi o‘rtasidagi (salbiy
farq) diskont summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida bankning subordinar qarzini to‘lashda va/yoki ularni
keyinchalik qayta sotish maqsadida sotib olinganda, shuningdek amortizatsiyasi vaqtidagi
diskont summalari hisobdan chiqariladi.
Tahliliy hisob subordinar qarzning muddati va turlari bo‘yicha alohida shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.
(III-bo‘lim O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 8-sentabrdagi 29/3-
sonli qaroriga (ro‘yxat raqami 773-37, 15.10.2018-y.) asosan 23700, 23702, 23796, 23798-hisobvaraqlar
bilan to‘ldirilgan— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 16.10.2018-y., 10/18/773-37/2054-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |