O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Xodimlar bilan hisob-kitoblar


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet545/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   541   542   543   544   545   546   547   548   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

29803 To‘lanishi lozim bo‘lgan mablag‘lar — Xodimlar bilan hisob-kitoblar


Hisobvaraqning ta’rifi: ish haqi, pensiya, aliment, bolalar yordam puli, moddiy yordam,
band qilingan ish haqi, boshqa mukofotlar yoki badallar berish uchun hisoblangan mablag‘lar
hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘lanishi lozim bo‘lgan hisoblangan mablag‘lar aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida berilgan mablag‘lar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob hisoblar turi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
29804 Boshqa bank mijozlarining inkasso qilingan pul tushumlari va cheklari
Hisobvaraqning  ta’rifi:  boshqa  banklarda  xizmat  ko‘rsatilayotgan  mijozlarning
hisobvaraqlariga  o‘tkazilishi  lozim  bo‘lgan,  inkassatsiya  xizmati  orqali  keltirilgan  inkasso
qilingan pul tushumlari va cheklarining summasi hisobi olib boriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  19903  —  “Inkasso  qilingan  pul  tushumlari  va  cheklar”
hisobvarag‘idan  qayta  hisoblanguncha  oldindan  o‘tkazilgan,  boshqa  banklarda  xizmat
ko‘rsatilayotgan  mijozlarning  hisobvaraqlariga  o‘tkazilishi  lozim  bo‘lgan  inkasso  qilingan  pul
tushumlari  va  cheklarning  summasi,  shuningdek  inkasso  qilingan  pul  tushumlari  va
cheklarning qayta hisoblangandan keyin aniqlangan ortiqcha summalari aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  debetida  bankning  vakillik  hisobvarag‘idan  o‘tkazilgan,  boshqa
banklarda  xizmat  ko‘rsatilayotgan  mijozlarning  hisobvaraqlariga  o‘tkazilishi  lozim  bo‘lgan
inkasso  qilingan  pul  tushumlari  va  cheklarning  summasi,  shuningdek  19903  —  “Inkasso
qilingan  pul  tushumlari  va  cheklar”  hisobvarag‘iga  o‘tkazilgandan  keyin  qayta  hisoblash
natijasida aniqlangan kamomadlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy  hisob  boshqa  bank  mijozlarining  har  biri  bo‘yicha  alohida  shaxsiy
hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   541   542   543   544   545   546   547   548   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling