45405 Hosilaviy instrumentlar bilan tuzilgan bitimlari bo‘yicha xorijiy
valyutalardagi foyda
Yuqorida ko‘rsatilgan balans hisobvaraqlari o‘z xususiyatlari bo‘yicha bir xil bo‘lganligi
uchun ularning ta’rifi umumlashtirib berilmoqda.
Hisobvaraqning ta’rifi: Spot/Forvard/Opsion/Fyuchers/Svop bitimlari bo‘yicha hamda
hisoblangan marjadan bank foydalari hisobi olib boriladi. Foyda o‘rnatilgan muddatda balans
hisobotini tuzish sanasiga hisobvaraqlar qoldig‘ini qayta baholagandan keyin aniqlanadi.
Hisobvaraqning kreditida xorijiy valyutalarda tuzilgan bitimlardan ishlab topilgan va
ochiq valyuta pozitsiyalarini revalvatsiya qilish natijasida vujudga kelgan foydalar summasi
aks ettiriladi.
Hisobvaraqning debetida noto‘g‘ri olingan foydalarning qaytarilish summasi,
shuningdek moliyaviy hisobot yilining oxirida bankning moliyaviy natijasi sifatida 31206 —
“Sof foyda (zarar) (aktiv-passiv)” hisobvarag‘iga o‘tkaziladigan foydalar summasi aks ettiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: