90900 Savdoga oid moliyalashlar
90908 To‘lovchi tomonidan banklarda ochilgan qoplangan akkreditiv
Hisobvaraqning ta’rifi: to‘lovchining shaxsiy mablag‘laridan yoki unga berilgan kredit
hisobidan mahsulot yetkazib beruvchining banki tasarrufiga mablag‘larni bank-emitentning
majburiyatlari butun amal qilish muddati davomida o‘tkazib beradigan qoplangan
akkreditivlarning bank-emitentdagi hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96308 —
“Qoplangan akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida to‘langan akkreditiv summasi, shuningdek to‘liq
foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi
yoki bekor qilingan akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |