90909 Taqdim etuvchiga trattalarni to‘lagan holdaga import bilan bog‘liq
to‘lanmagan akkreditivlar
Hisobvaraqning ta’rifi: importchi topshirig‘i asosida chet eldan tovarlar va
xizmatlarning importi bo‘yicha hisob-kitob qilish uchun xorijiy benefitsiar(eksportyor)lar
foydasiga ochilgan trattalarga qarshi taqdim etuvchiga qo‘yilgan akkreditivlarning hisobi olib
boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-
hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida ochilgan akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida importchi banki tomonidan akseptlangan taqdim etuvchiga
qo‘yilgan trattalar asosidagi akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek foydalanilmay
qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi yoki bekor
qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |