O‘zbekiston respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobining hisobvaraqlar rejasiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘G‘risida


Tasdiqlangan eksport bilan bog‘liq akkreditivlar


Download 0.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet723/766
Sana09.01.2022
Hajmi0.87 Mb.
#256970
1   ...   719   720   721   722   723   724   725   726   ...   766
Bog'liq
2 5244566380254071388 (1)

90958 Tasdiqlangan eksport bilan bog‘liq akkreditivlar
Hisobvaraqning  ta’rifi:  xorijiy  vakil-banklardan  kelib  tushuvchi  va  eksportchi-bank
tomonidan  tasdiqlanuvchi,  xorijiy  importchilar  tomonidan  mahalliy  ekportchilar  foydasiga
ochilgan  akkreditivlar  hisobi  olib  boriladi.  Akkreditiv  importchining  xorijiy  banki  tomonidan
ochiladi  va  mahalliy  ekportchi  eksportchi-bankdan  o‘z  tovarlarini  jo‘natishdan  oldin
akkreditivni  tasdiqlab  berishni  so‘raydi.  Ekportchi-bank  akkreditivni  tasdiqlashi  bilan  ushbu
akkreditiv bilan bog‘liq bo‘lgan barcha majburiyatlarni o‘z zimmasiga oladi. Ushbu hisobvaraq
uchun 96316 — “Eksport bilan bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq
hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning  kreditida  to‘lab  berilgan  akkreditiv  summasi,  shuningdek
foydalanilmay  qolgan  qismi  bo‘yicha  muddati  tugagandan  keyin  qaytarilgan  summasi,
akkreditivning kamayish summasi yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.

Download 0.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   719   720   721   722   723   724   725   726   ...   766




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling