90937 Revolver akkreditivlar — Xorijiy
Hisobvaraqning ta’rifi: revolver akkreditivlarning hisobi olib boriladi. (Revolver
akkreditiv — emitent-bank tomonidan akkreditivni foydalangandan keyin boshlang‘ich
summasigacha qayta tiklash majburiyati) Tartibga muvofiq revolver akkreditivlar bir yilga va
bir yildan yuqori bo‘lgan muddatga ochiladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96309 — “Import bilan
bog‘liq akkreditiv bo‘yicha kontr-hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida akkreditiv summasi hamda qayta tiklangan akkreditivning
foydalangan qismining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida akkreditiv bo‘yicha to‘lovlar summasi, shuningdek
foydalanilmay qolgan qismi bo‘yicha qaytarilgan summasi, akkreditivning kamayish summasi
yoki bekor qilingan akkreditivlar summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir akkreditiv bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |