90993 Kafolat va kafilliklar
Hisobvaraqning ta’rifi: ushbu hisobvaraqda mijozlar foydasiga bank tomonidan
berilgan yoki tasdiqlangan kafolat va kafilliklarning, shuningdek bank tomonidan boshqa
emitentlarning kafillik berilgan (avalirovannix bankom) veksellarining nominal qiymati hisobi
olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96337 — “Kafolat va kafilliklar bo‘yicha kontr-
hisobvaraq” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida berilgan kafolatlarning summasi, shuningdek bank tomonidan
boshqa emitentlarning kafillik berilgan veksellarining nominal qiymati aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida foydalanilgan, shuningdek foydalanilmagan va o‘rnatilgan
tartibda muddati o‘tishi bilan yo‘q qilingan kafolatlarning summasi, shuningdek bank
tomonidan kafillik berilgan boshqa emitentlarni qoplangan veksellarining nominal qiymati aks
ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir kafolat bo‘yicha, shuningdek avallashtirilgan veksellarning turi va
muddati bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |