92736 Svop shartlarida sotib olish
Hisobvaraqning ta’rifi: moliyaviy instrumentni sotib olish bo‘yicha svop (Svop — bu,
shartli summada va kelishilgan indeksni qo‘llash asosida kelajakda to‘lovlarni almashtirish
bo‘yicha kelishuvdir. Ikki namuna sifatida valyuta svopi va foizlar stavkasi bo‘yicha svop
xizmat qiladi) shartnomaning hisobi olib boriladi. Ushbu hisobvaraq uchun 96373 — “Svop
shartlari bilan sotib olish kontr-hisobvarag‘i” kontr-hisobvaraq hisoblanadi.
Hisobvaraqning debetida moliyaviy instrumentni sotib olishga asoslangan svop
shartnomalarining summasi aks ettiriladi.
Hisobvaraqning kreditida svop shartnomalari bo‘yicha moliyaviy instrumentning sotib
olingan summasi aks ettiriladi.
Tahliliy hisob har bir svop shartnomasi bo‘yicha alohida shaxsiy hisobvaraqlarda olib
boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |