O‘zbekiston Respublikasi to‘lov tizimining tarkibiy qismlari


Download 0.81 Mb.
bet1/4
Sana18.06.2023
Hajmi0.81 Mb.
#1579223
  1   2   3   4
Bog'liq
to‘lov tizimi

O‘zbekiston Respublikasi to‘lov tizimining tarkibiy qismlari.

Att-5 guruh magistranti

Aliyev A

To‘lov — pul majburiyatini naqd pul mablag‘lari bilan bajarish yoxud pul mablag‘larini to‘lov vositalaridan foydalangan holda o‘tkazish.

To‘lov tizimi to‘lovlarni to‘lov tizimining operatori, to‘lov tizimi ishtirokchilari va (yoki) to‘lov tashkilotlarining to‘lov tizimi operatori tomonidan belgilangan to‘lov tizimining tartib-taomillarini, infratuzilmasini va qoidalarini qo‘llash vositasida hamkorlik qilish yo‘li bilan amalga oshirishni ta’minlaydigan munosabatlar majmuidir. To‘lov tizimi operatori bilan hisob-kitoblarni amalga oshiruvchi va to‘lov tizimida ishtirok etish to‘g‘risida shartnoma tuzgan banklar to‘lov tizimining ishtirokchilari hisoblanadi.

To’lov tizimi o’z ichiga 4 bosqichni oladi.

  • 1-bosqich - to’lovning boshlanishi, ya’ni to’lovchi o’z bankiga pulni o’tkazib berish to’g’risida topshiriq beradi.
  • 2-bosqich - to’lov tizimining ishtirokchi banklari o’rtasida to’lov hujjatlarining almashishi, ko’pincha bu operatsiya kliring deb yuritiladi.
  • 3-bosqich - to’lov tizimining ishtirokchi banklari o’rtasida hisob-kitob o’tkazish, ya’ni to’lovchi banki pul o’tkazib berishi lozim. Bundan tashqari, banklar uchinchi ishtirokchi orqali, unda o’z hisobvaraqlarini ochish orqali hisob-kitob qilishlari mumkin. Bu holda ko’pincha uchinchi tomon rolini Markaziy bank bajaradi.
  • 4-bosqich – to’lovlarni qabul bilan bog’liq operatsiyalarni yakunlash.

To‘lov tizimining qoidalari quyidagilarni o‘z ichiga olishi kerak:

  • to‘lov tizimining ishlash tartib-taomillari, shu jumladan to‘lov tizimida to‘lovlarni amalga oshirish, to‘lov xabarnomalari formatlarining qo‘llanilish tartibi, to‘lov tizimining ish jadvali va to‘lov tizimidagi tavakkalchiliklarni boshqarish tizimi;
  • to‘lov tizimi operatori ko‘rsatayotgan xizmatlarning va to‘lov tizimida amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi;
  • to‘lov tizimida ishtirok etish shartlari;
  • to‘lov tizimi ishtirokchilarining to‘lov tizimi operatori bilan hamkorligi tartibi va boshqalar.

Download 0.81 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling