O‘zbekiston Respublikasi to‘lov tizimining tarkibiy qismlari
Markaziy bankning banklararo to’lov tizimi orqali elektron to’lov hujjatlarining o’tish jarayoni quyidagi sxemada bayon etilgan
Download 0.81 Mb.
|
to‘lov tizimi
Markaziy bankning banklararo to’lov tizimi orqali elektron to’lov hujjatlarining o’tish jarayoni quyidagi sxemada bayon etilgan:Elektron to’lovlar tizimi – bu banklararo naqd pulsiz hisob-kitoblarni amalga oshirishning eng zamonaviy ko’rinishidir. Bu tizim orqali banklararo naqd pulsiz to’lovlar tez va aniq amalga oshiriladi. Bundan elektron pullar mamlakatning istalgan burchagiga sanoqli daqiqalar ichida o’tkaziladi. To’lovlarni amalga oshirishda ushbu tizim a’zolari orasida maxsus elektron uskunalar orqali tarmoqqa ulangan bankning hisob raqamiga pul mablag’lari kelib tushadi. Natijada vaqt ham tejaladi, xarajatlar ham kamaytiriladi.SVIFT – bu xalqaro kompyuter aloqasidir. SVIFT so’zi – «Xalqaro banklararo telekommunikatsiyalar jamiyati» (Society for Worldwide Interbank Financial Telekommunication) ma’nosini anglatadi va a’zo banklar o’rtasida ma’lumot yuboruvchi vosita xizmatini bajaradi. SVIFT 1977 yil tashkil topgan bo’lib, hozirgi kunda 30dan ortiq mamlakatlardagi banklarni bir-biri bilan bog’lab turadi. Shu bilan birga faqat Evropada emas, balki Shimoliy va Janubiy Amerika, Yaponiya, Gongongda ham keng qo’llaniladi. Angliyaning barcha yirik banklari SVIFT tarmog’iga ulangan.SWIFTning kamchiliklari va avfzalliklari mavjud. SWIFT foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlarni yaratadi; ■ Tarmoq axborotlarni uzatishda fizik, texnik va tashkiliy ucullar orqali to’liq xavfsizlikni ta’minlaydi; ■ Axborotlarni uzatishning ishonchliligi mavjud; ■ Aloqalar arzon narxda; ■ Jahonning istalgan nuqtasidan axborotlarni tez uzatish imkoniyati mavjud bo’lib, bu axborotlarni uzatish 20 minutni tashkil etadi. Axborotlarning zaruriyatiga karab bu muddat 1-5 minutni tashkil etishi mumkin. ■ Barcha to’lov hujjatlari bir andozada bo’ladi. Bu esa ma’lumotlarni ishlashda engilliklar tug’diradi. ■ SWIFT o’z foydalanuvchilari uchun moliyaviy himoyani kafolatlaydi. Agar SWIFTning aybi bilan kun davomida belgilangan joyga to’lov etib bormasa, shu to’lov bilan bog’liq barcha xarajatlarni tarmoq o’z zimmasiga oladi.Download 0.81 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling