O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport unversiteti “Avtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti «Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish»


2. "Nou-xau" va innovatsiya takliflarini himoya qilish


Download 1.43 Mb.
bet2/7
Sana18.11.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1784853
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-maruza

5
2. "Nou-xau" va innovatsiya takliflarini himoya qilish.
“Nou xau” ingliz tilidan aqliy mulk obʼyekti hisoblangan patent muhofazasini talab qiladigan toʻliq maʼnoda ilgʻor texnik mahsulotdir. Masalan, Coca cola ishlab chiqarish sir hisoblanadi. Ushbu aqliy mulk korxonada mahfiy tutishni va tegishli shartnomalarga muvofiq boshqa yuridik shaxsga berilishi yoki sotilishi mumkin.
“Nou-xau” – bu toʻliq yoki qisman texnik, tashkiliy, idorasiy, Boshqaruv, moliyaviy va boshqa tavsifdagi , umuman eʼlon etilmagan ( hammaga maʼlum boʻlmagan) amaliyotda ishlab chiqarish va xoʻjalikda keng qoʻllaniladigan bilimlar siri. Nou xau, chegaralarni bilmaydigan va davlat roʻyxatidan oʻtishi talab qilinmaydigan aqliy mulk obʼyekti hisoblanadi.
6
Nou xau ikkita guruh obʼyektni ichiga oladi.
Birinchi guruh, aqliy mulk obʼyektlarining yigʻilmasidan iborat boʻlib, har xil turdagi yangiliklarni tayyorlash texnologiyalarida; buyumlarni tarkibi va ularni qoʻshilishi; binolar, inshootlar, mashina va uskuna- jihozlarni ishlash usullari ; yigʻish va sozlab ishga tushirish ishlarida, har qanday hisoblarning algoritmlarida va shunga oʻxshashlari kurinishida boʻladi.
Ikkinchi guruh nou-xauga, qoʻshimcha daromad oluvchi, tijorat va iqtisodiy bilimlar; idoraviy, tashkiliy, boshqaruv, iqtisodiy, moliyaviy yoki shunga oʻxshash tartiblar kiradi.
Bulardan tashqari, talab etilgan patentlangan tadqiqot materiallari, ishlab chiqarishdagi namunalari, yaroqli modellar, muhandislik va boshqalar nou-xau obʼyektlari etib koʻrinishi mumkin.
7
3. Mualliflik va patent egalari.
Mualliflik huquqi toʻgʻrisidagi qonunga koʻra, ixtironing muallifi sifatida jismoniy shaxs, mehnat jamoasi boʻlishi mumkin.
Ishlab chiqarish mulkini yaratishda bir nechta jismoniy shaxslar ishtirok etadi va ularning hammasi mualliflar hisoblanadi.
Ishlab chiqarish mulki obʼyektni yaratishda hissasi boʻlmagan jismoniy shaxslar – muallif hisoblanmaydi.
Ixtironi patent egalari ( yoki egasi) muallif yoki muallif merosxoʻrlari tomonidan koʻrsatiladigan yuridik yoki shaxslar boʻlishi mumkin.
Patent berish haqidagi talabnomada har bir ishtirokchining hissasi umumiy nizomlar bilan tasdiqlanadi.
8
Oʻzining xizmati bilan bogʻliq xolda xodim tomonidan yaratilgan ixtiroga boʻlgan huquq ish beruvchidan maʼlum vazifani bajarish jarayonida amalga oshirilgan toʻliq, hamda ular oʻrtasidagi shartnomada koʻrsatilmagan boʻlsa, u xolda ixtiroga egalik qilish ish beruvchiga tegishlidir. Bunda ixtiroga haq toʻlash miqdori va shartlari tomonlar oʻrtasidagi bitim bilan belgilanadi.
Patent bilan himoyalangan ixtirodan foydalanish huquqi patent egasi, sotuvchi litsenziya egasi va sotib oluvchi (litsenzent) bilan tuzilgan litsenziya shartnomasiga asosan uzatiladi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling