O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport unversiteti “Avtomobil yo‘llari muhandisligi” fakulteti «Avtomobil yo‘llarini qurish va ekspluatatsiya qilish»


Download 1.43 Mb.
bet6/7
Sana18.11.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1784853
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
5-maruza

18
12. Tadbirkorlik faoliyati
Tadbirkorlik faoliyati (tadbirkorlik) — tadbirkorlik faoliyati subʼyektlari tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan, tavakkal qilib va oʻz mulkiy javobgarligi ostida daromad (foyda) olishga qaratilgan tashabbuskor faoliyat.
Tadbirkorlik faoliyati subʼyektlari (tadbirkorlik subʼyektlari) belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtgan hamda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik va jismoniy shaxslardir. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari (qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno), ularning mansabdor shaxslari, shuningdek tadbirkorlik faoliyati bilan shugʻullanishi qonun hujjatlarida man etilgan boshqa shaxslar tadbirkorlik faoliyatining subʼyektlari boʻlishi mumkin emas.
19
13. Ilmiy-texnik rivojlanishning jahon tendensiyalari
Tayanch iboralar: innovatsion iqtisodiyot, milliy innovatsion tizim, inson kapitali, ilmiy-texnik taraqqiyot, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligi, tatqiqot, mamlakatning innovatsion saloxiyati.
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozidan keyingi va istiqboldagi yangi yuksalish davrlarida dunѐning aksariyat mamlakatlari oʻz iqtisodiѐtida faqat innovatsion rivojlantirish modeli imkoniyatlaridan kengroq va faol foydalanish kerakligini eʼtirof etmoqda. Bunda milliy va hududiy iqtisodiѐtlar, ayniqsa kichik biznes rivojlanishida innovatsiya omilining ahamiyati, inson kapitali, innovatsiyalar transferi va tijoratlashtirilishi, uni samarali moliyalashtirish orqali oshirish nazarda tutiladi.
20
14. Oʻzbekiston Respublikasi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarning innovatsion gʻoyalari, texnologiyalari va yarmarkalari.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarmogʻidan biri boʻlgan qurilish industriyasini sifat jihatdan rivojlantirish yuzasidan keng koʻlamda chora — tadbirlar amalga oshirilmoqda. Sharq gavhari boʻlgan Samarqand viloyatida qurilish materiallari ishlab chiqaruvchi korxonalarning qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarish faoliyatini takomillashtirish jarayonida olib borilayotgan ishlar bugungi kunning asosiy ustuvor vazifalaridan biri deb qaralmoqda.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling