O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti
-modda. Auditorlik tashkilotlarining turdosh xizmatlari
Download 96.18 Kb.
|
Hayitboyev Farrux Audit fanidan kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-bob. Auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish 34-modda. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdagi cheklovlar
33-modda. Auditorlik tashkilotlarining turdosh xizmatlari
Auditorlik tashkilotlari quyidagi turdosh xizmatlarni ko‘rsatishi mumkin: buxgalteriya hisobini yo‘lga qo‘yish, qayta tiklash, yuritish va moliyaviy hisobot tuzish, shu jumladan moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari bo‘yicha moliyaviy hisobot tuzish; yuridik shaxsning taftish komissiyasi (taftishchisi), investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi vazifalarini amalga oshirish; buxgalteriya hisobini yuritish va moliyaviy hisobot tuzish masalalari bo‘yicha maslahat berish; auditorlik tashkilotining shtatida soliq maslahatchisi mavjud bo‘lganda yoxud shartnoma shartlari asosida uni jalb etgan holda, soliqqa oid qonunchilikni qo‘llash, soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha hisob-kitoblar, deklaratsiyalar tuzish yuzasidan maslahatlar berish; moliya-xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish va moliyaviy rejalashtirish, shu jumladan biznes-rejalar tayyorlash, iqtisodiy, moliyaviy maslahat va boshqaruvga oid maslahat berish; buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy hisobot, soliq solish, moliya-xo‘jalik faoliyatini hamda moliyaviy rejalashtirishni tahlil qilishga doir seminarlar, konferensiyalar o‘tkazish; buxgalteriya hisobini yuritishni avtomatlashtirish va moliyaviy hisobot tuzish, moliyaviy axborotning axborot xavfsizligi bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. Auditorlik tashkilotlari auditorlik faoliyati standartlarida nazarda tutilgan boshqa turdosh xizmatlarni ham ko‘rsatishi mumkin. 6-bob. Auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish 34-modda. Auditorlik tekshiruvini o‘tkazishdagi cheklovlar Auditorlik tashkilotlariga quyidagilarga nisbatan auditorlik tekshiruvini o‘tkazish taqiqlanadi: mazkur auditorlik tashkilotining kreditorlari, sug‘urtalovchilari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan, shuningdek ushbu auditorlik tashkilotlari va auditorlar o‘zining muassislari, ishtirokchilari, aksiyadorlari bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarga nisbatan; muassisi, ishtirokchisi, aksiyadori yoki rahbarlik vazifalarini yoxud buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsi, audit qo‘mitasi a’zosi bir vaqtning o‘zida mazkur auditorlik tashkilotining xodimi bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektga nisbatan; auditorlik tekshiruvi bilan qamrab olinadigan davrda mazkur xo‘jalik yurituvchi subyektga ushbu Qonun 33-moddasi birinchi qismining ikkinchi va uchinchi xatboshilarida nazarda tutilgan turdosh xizmatlarni ko‘rsatganlarga; xodimlari muassisning, ishtirokchining yaqin qarindoshlari yoki rahbarlik vazifalarini yoxud buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxsning tekshirilayotgan xo‘jalik yurituvchi subyekt audit qo‘mitasi a’zosining yaqin qarindoshlari bo‘lgan; auditorlik tashkilotining yoki auditorning manfaatdorligi moliyaviy hisobot va u bilan bog‘liq moliyaviy axborot to‘g‘risida fikr bildirishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelgan taqdirda. Auditorlik tashkiloti ketma-ket yetti yildan ko‘proq ayni bir xo‘jalik yurituvchi subyektning auditorlik tekshiruvini o‘tkazishga haqli emas. Download 96.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling