O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti


Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish


Download 96.18 Kb.
bet31/32
Sana24.12.2022
Hajmi96.18 Kb.
#1061826
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Hayitboyev Farrux Audit fanidan kurs ishi

Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish
14 Umumiy reja audit dasturini amalga oshirishda qo‘llanma bo‘lib xizmat qilishi kerak.
15. Audit jarayonida auditorlik tashkilotida umumiy rejaning ayrim qoidalarini qayta ko‘rish uchun asos paydo bo‘lishi mumkin. Rejaga kiritilayotgan o‘zgarishlarni, shuningdek, o‘zgarishlar sabablarini auditor batafsil hujjatlashtirishi kerak.
16. Umumiy rejada auditorlik tashkiloti auditni o‘tkazish muddatlarini nazarda tutishi va auditni o‘tkazish, hisobot (xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasini tayyorlash grafiklarini tuzishi kerak. Vaqt sarfini rejalashtirish jarayonida auditor quyidagilarni hisobga olishi kerak:
16.1. Haqiqiy xarajatlar;
16.2. Oldingi davrda (takroriy audit o‘tkazilgan taqdirda) vaqt sarfi hisob-kitobi va uning joriy hisob-kitob bilan aloqasi;
16.3. Muhimlilik darajasi;
16.4. Auditorlik risklarini baholashni o‘tkazish.
17. Umumiy rejada auditorlik tashkiloti dastlabki tahlil natijalari, ichki nazorat tizimining ishonchliligini baholash, audit risklarini baholash asosida auditni o‘tkazish usulini belgilaydi. Tanlab audit o‘tkazishga qaror qilingan taqdirda, auditor “Auditorlik tanlash” audit standartiga muvofiq auditorlik tanlashni shakllantiradi.
18. Boshqaruvni va bajarilayotgan audit sifatini nazorat qilishni rejalashtirishga doir qoidalar umumiy rejaning tarkibiy qismi hisoblanadi. Umumiy rejada quyidagilarni nazarda tutish tavsiya qilinadi:
18.1. Auditorlik guruhini, auditni o‘tkazishga jalb etiladigan auditorlar soni va malakasini shakllantirish;
18.2. Auditorlarni ularning kasbiy malakasi va mansab darajalari bo‘yicha aniq audit uchastkalari bo‘ylab taqsimlash;
18.3. Jamoaning barcha a’zolariga ularning vazifalari xususida yo‘l-yo‘riq berish, ularni xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, shuningdek, audit umumiy rejasi mazmuni bilan tanishtirish;
18.4. Rahbarning reja bajarilishi va auditor yordamchilari ishining sifati, ular tomonidan ish hujjatlarining yuritilishi va audit natijalari tegishlicha rasmiylashtirishini nazorat qilishi;
18.5. Auditorlik guruhi rahbariga auditorlik tartib-taomillarni amalga oshirishning amaliy jihatlari bilan bog‘liq bo‘lgan uslubiy masalalarni tushuntirishi;
18.6. Muayyan faktni baholashda auditorlik guruhi rahbari bilan uning oddiy a’zosi o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lganda, auditorlik guruhi a’zosi (ijrochi)ning alohida fikrini hujjatli rasmiylashtirish.
19. Auditorlik tashkiloti umumiy rejada ichki audit rolini, shuningdek audit o‘tkazish jarayoniga ekspertlarni jalb etish zaruriyatini belgilaydi.
20. Audit umumiy rejasining namunaviy mazmuni mazkur standartga 1-ilovada keltirilgan.

Download 96.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling