O‘zbekiston respublikasi transport vazirligi toshkent davlat transport universiteti
-sonli «Auditni rejalashtirish» O'zbekiston Respublikasi audit milliy standarti
Download 96.18 Kb.
|
Hayitboyev Farrux Audit fanidan kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Standartning maqsadi va vazifalari
- Auditni rejalashtirish maqsadi va vazifalari
1.3 3-sonli «Auditni rejalashtirish» O'zbekiston Respublikasi audit milliy standarti.
Mazkur standart O‘zbekiston Respublikasining “Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 10-iyundagi 296-son “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlis XIV sessiyasidagi ma’ruzasi asosiy qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori asosida ishlab chiqilgan va O‘zbekiston Respublikasida auditorlik faoliyatini normativ tartibga solish elementi hisoblanadi. Standartning maqsadi va vazifalari 2. Mazkur standartning maqsadi xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti auditini rejalashtirish paytida auditorlik tashkilotlari tomonidan qo‘llaniladigan normalarni belgilash hisoblanadi. 3. Standartning vazifalari quyidagilardan iborat: 3.1. Auditni rejalashtirish dastlabki bosqichining tavsifi; 3.2. Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash prinsiplarini shakllantirish; 3.3. Auditning umumiy rejasi va dasturini tayyorlash hamda tuzish tartibining tavsifi. Auditni rejalashtirish maqsadi va vazifalari 6. Rejalashtirish audit o‘tkazishning boshlang‘ich bosqichi bo‘lib, auditorlik tashkiloti tomonidan audit o‘tkazishning kutilayotgan hajmi, grafiklari va muddatlarini ko‘rsatgan holda auditning umumiy rejasini ishlab chiqish, hamda auditorlik tashkiloti tomonidan xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy hisoboti to‘g‘risida xolisona va asoslangan xulosani shakllantirish uchun zarur bo‘lgan auditorlik tartib-taomillarning ketma-ketligini, turi va hajmini aniqlab beradigan auditorlik dasturini ishlab chiqishdan iboratdir. 7. Auditni rejalashtirish auditorlik tashkiloti tomonidan auditni o‘tkazishning umumiy prinsiplariga, shuningdek quyidagi xususiy prinsiplarga muvofiq o‘tkazilishi kerak: 7.1. Rejalashtirishning kompleksliligi; 7.2. Rejalashtirishning uzluksizligi; 7.3. Rejalashtirishning maqbulligi. 8. Auditni rejalashtirishning kompleksliligi prinsipi dastlabki rejalashtirishdan boshlab auditning umumiy rejasi va dasturini tuzishga qadar bo‘lgan rejalashtirishning barcha bosqichlarining o‘zaro bog‘liqliligini va uyg‘unliligini ta’minlashni nazarda tutadi. 9. Auditni rejalashtirishning uzluksizligi prinsipi auditorlar guruhiga o‘zaro bog‘langan topshiriqlarni belgilaydi va rejalashtirish bosqichlarini muddatlar hamda turdosh xo‘jalik yurituvchi subyektlar (alohida balansga ajratilgan tarkibiy bo‘linmalar, filiallar, vakolatxonalar, sho‘ba korxonalar) bo‘yicha bog‘liqligini ifodalaydi. Xo‘jalik yurituvchi subyektda auditorlik kuzatuvi yil davomida amalga oshirilishi sababli uzoq muddatga audit rejalashtirilganda, auditorlik tashkiloti xo‘jalik yurituvchi subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatidagi o‘zgarishlarni va oraliq auditorlik tekshiruvlari natijalarini hisobga olgan holda auditni o‘tkazish rejasi va dasturlariga o‘z vaqtida tuzatishlarni kiritishi kerak bo‘ladi. 10. Auditni rejalashtirishning maqbulligi prinsipi shundan iboratki, bunda rejalashtirish jarayonida auditorlik tashkiloti o‘zi belgilagan mezonlar asosida auditning umumiy rejasi va dasturining maqbul variantini tanlash imkoniyatini yaratish uchun rejalashtirishning variantliligini ta’minlashi kerak. 11. Auditni rejalashtirishda auditorlik tashkiloti quyidagi asosiy bosqichlarni ajratishi kerak: 11.1. Dastlabki rejalashtirish; 11.2. Auditning umumiy rejasini tayyorlash va tuzish; 11.3. Audit dasturini tayyorlash va tuzish. Download 96.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling