O’quv yili
2022-2023
|
Semestr
4
|
ECTS - Kreditlar
4
|
Fan/modul turi
Majburiy
|
Ta’lim tili
O’zbek/Rus
|
Haftadagi dars soatlari
4-semestr – 6s.
|
|
Fanning
nomi
|
Auditoriya
mashg’ulot-lari
(soat)
|
Ma’ruza
|
Amaliy (Semi-nar)
|
Labora-toriya
|
Kurs ishi (loyihasi), HGI
|
Mustaqil
ta’lim
(soat)
|
Jami
yuklama
(soat)
|
Elektrotexnika va elektronika
|
Jami: 20
4-semestr: 20
|
10
|
6
|
4
|
-
|
100
|
120
|
1.
|
I. O’quv fanining dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o’rni
Ushbu fan elektrotexnika, elektr energetikasi, radioelektronika, elektr aloqa va avtomatika sohalariga oid elektrotexnikaviy qonun, qoida, hodisalar, effektlar, tajribalar, elementlar va qurilmalarning turlari, tuzilishi, ishlatish ko’lamini o’rganish va ularni amaliyot ishlarida qo’llash hamda ularining kelgusi taraqqiyot istiqboli kabi masalalarini qamrab oladi.
Bular talabani umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni o’zlashtirishga hamda kelgusida temir yo’l transporti muhandisligining turli jabhalarida fizikaviy va elektrotexnikaviy tizimlarni yaratish va ishlatishga tayyorlashda zarur bo’lgan bilimlar bilan qurollantiradi. “Elektrotexnika va elektronika” fani tabiiy-ilmiy fan hisoblanib, 2-kursning 4-semestrlarida o’qitilishi maqsadga muvofiq. Fan dasturini amalga oshirish uchun o’quv rejasida ko’zda tutilgan matematika fanidan yetarli bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlik talab etiladi. O’z navbatida mazkur fan ham yo’nalishning asosiy umumkasbiy va ixtisoslik fanlarni o’rganishda zamin bo’lib xizmat qiladi.
|
2.
|
II. O’quv fanning maqsadi va vazifasi
Fanni o’qitishdan maqsad – talabalarda o’zgarmas va o’zgaruvchan tok zanjirlari, uch fazali o’zgaruvchan tok xakida tushuncha, uch fazali elektr zanjirlarni hisoblash, transformatorlarning vazifasi va qo’llanilish sohalari, o’zgarmas va o’zgaruvchan tok mashinalari tuzilishi va ishlash prinsipi, yarim o’tkazgich materiallarning xususiyatlari, elektron asboblarning vazifasi va qo’llanilishi, mikrosxemalarning vazifasi va qo’llanilishi, to’g’rlagichlar va ishlash asoslari bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishdan iborat.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |