IV. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar
Mustaqil ta’lim uchun tavsiya etiladigan mavzular:
Determinantlar. Determinantlarning asosiy xossalari.
Chiziqli tenglamalar sistemasini yechishning Kramer usuli.
Tekislikdagi chiziqlar va to‘g‘ri chiziqning tenglamalari. To‘g‘ri chiziqlar orasidagi burchak. Nuqtadan to‘g‘ri chiziqqacha bo‘lgan masofa.
Ikkinchi tartibli chiziqlar: aylana, ellips, giperbola, parabola va ularning kanonik tenglamalari.
Sonli ketma-ketliklar. Ketma-ketlik limiti.
Chiziqli dasturlashda ikkilanmalik nazariyasi. Ikkilanmalik nazariyasining asosiy teoremalari.
Transport masalalariga keltiriladigan taqsimot masalalari. Uskunalarni optimal taqsimlash masalalari. Mutaxassislarni ish o‘rinlariga optimal taqsimlash masalalari.
Teskari funksiya va uning hosilasi. Oshkormas va parametrik ko‘rinishda berilgan funksiyalar va ularning hosilalari.
Funksiya differensialini taqribiy hisoblashlarga tatbiqi.
Eng sodda ratsional kasrlarni integrallash (4-hol).
Ba’zi irratsional ifodalarni integrallash.
Aylanma jism xajmi va sirt yuzini hisoblash.
Ikkinchi tartibli chiziqli bir jinsli bo‘lmagan differensial tenglamalarni Lagranjning o‘zgarmasni variatsiyalash usuli bilan yechish.
Muhandislik masalalarini differensial tenglamalar yordamida matematik modellashtirish.
Chiziqli differensial tenglamalar sistemasini operatsion hisob yordamida yechish.
Tekis yaqinlashuvchi funksional qatorlar. Veyrshtrass alomati. Tekis yaqinlashuvchi qatorlarning xossalari.
Darajali qatorlarni taqribiy hisoblashlarga tadbiqi, ulardan muhandislik masalarini yechishda foydalanish.
Binomial taqsimot. Puasson taqsimoti.
Uch sigma qoidasi.
Ixtisoslik fanlari va muxandislik masalalarida ehtimollar nazariyasining tatbiqlari.
Chebishev tengsizligi. Katta sonlar qonunining turli shakllari.
|