O‘zbekiston respublikasi turizm va sport vazirligi


Download 45.52 Kb.
bet1/5
Sana30.04.2023
Hajmi45.52 Kb.
#1407289
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Voleybolchilarda sakrash ko’nikmasini shakllantirish


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZM VA SPORT VAZIRLIGI

O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI

Isakova Farangiz Bahodirovna
Sakrovchanlik va hujum samaradorligining bog'liqligi
Ta’lim yo‘nalishi: 5610500 – Valeybol , basketbol nazariyasi va uslubiyati

KURS ISHI


Ish ko‘rib chiqildi va himoyaga
qo‘yildi.
“Voleybol,basketbol nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi mudiri
Dotsent S.F.Ashurkova
______________________
«___»___________2021 yil




Ilmiy rahbar

______________________

O‘qituvchi G.N.Abatova


Ilmiy maslahatchi:
Dotsent M.A.Kadirova





CHIRCHIQ – 2021

Mundarija
Kirish……………………………………………………………………3
I Bob Voleybolchilarda sakrash ko’nikmasini shakllantirish

    1. Sakrovchanlik sifatining turlari...…………….………………..6

    2. Sakrovchanlikni rivojlantirish …………….……………...…11

II-Bob Voleybolchilarda hujum samadorligini shakllantirish
2.1. Hujum samaradorligini oshirish………………………...………14
2.2. Hujum texnikasini oshirish…………..…………….………..…….19

Kirish
Sakrash – tayanchli holatdan tayanchsiz holatga (debsinish asosida), tayanchsiz holatdan (uchish fazasidan) yana tayanchli holatga oʻtib ijro etiladigan haѐtiy zarur harakat koʻnikmasini anglatadi. Sakrash koʻnikmalari inson haѐtida, xatto hayvonlarda ham turli xavfli vaziyatlarni bartaraf etish (ariqdan sakrash, toʻsiqlar osha sakrash, balanddan pastga –pastliqdan balandga sakrash va h.k) ѐki zarur boʻlgan extiѐjni qondirish uchun qoʻllaniladigan harakat vositasidir. Bunday zarur haѐtiy vazifa ѐki haѐtiy ehtiѐjni foydali natija bilan amalga oshirish imkoniyati sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi bilan belgilanadi. Shuning uchun insonlar ham, hayvonlar ham erta ѐshlikdan boshlab, toki ulgʻayish davrining soʻnggi bosqichlarigacha sakrash bilan bogʻliq harakat koʻnikmalarini turli oʻyinlar, maxsus mashqlar va ehtiѐjli musobaqalar orqali muntazam takomillashtirib boradilar. Albatta shubhasizki, bunday vositalar (oʻyinlar, maxsus mashqlar, musobaqalar) taʼsirida sakrash koʻnikmalari, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi shakllanib boradi. Lekin haѐtda uchraydigan vaziyatlar, ularning oʻziga xos talablari, bartaraf etilishi zarur boʻlgan xavfning turlari, jismoniy tarbiya va sport amaliѐtida esa ijro etilishi talab qilinadigan sakrash turlari, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi oʻziga xos xususiyatlari bilan farqlanadi. Ushbu farqlanish xususiyatlari sakrash uchun dastlabki holatni qabul qilish, tayѐrlanish, joydan ѐki yugurib kelish, debsinish, oѐqlarning bukilib-ѐzilishi, qoʻllar, tana va tana qismlarining faol inersion

harakatlari bilan bogʻliqdir. Shunday ekan insonda, ayniqsa sport amaliѐtida sakrash turlari, sakrovchanlik, sakrash chidamkorligivaziyat talablari, ehtiѐj zaruriyati va tanlangan sport turining oʻziga xos xususiyatlariga mos tartibda shakllantirilishi muhim ahamiyat kasb etadi. Soʻngi yillarda jismoniy tarbiya nazariyasi, shu jumladan sport turlari nazariyasi va uslubiyati fanlari doirasida chop etilgan adabiѐtlarda sakrash turlari, sakrovchanlik va sakrash chidamkorligi tadiqot obyekti sifatida keng oʻrganilgan . Shu bilan bir qatorda ushbu manbaalarda har bir sport turida, ayniqsa sport oʻyinlarida, sakrab ijro etiladigan texnik-taktik usullarga mos sakrash fazalari, koordinatsiyasi, balandligi (ѐki uzunligi)va biomexanik qonuniyatlari batafsil oʻrganilmagan hamda ilmiy jihatdan asoslanmagan. Vaholanki, masalan birgina voleybolda turli zonalardan zarba berish, toʻsiq qoʻyish, toʻp uzatish, shu jumladan toʻp kiritish uchun sakrash koʻnikmalari va sakrovchanlik oʻziga xos xususiyatlar bilan farqlanadi. Sakrashning bunday xususiyatlari voleybol nazariyasida umuman oʻz ifodasini topmagan. Sakrash balandligi va vertikal sakrash koordinatsiyasini havoda (tayanchsizholatda) bajariladigan oʻyin usullari (hujum zarbalari, toʻsiq qoʻyish, toʻp uzatish, toʻp kiritish) ning sifati-texnikasi ѐki taktikasi bilan bogʻliq ekanligi alohida tadqiqot ostiga olinmagan. Sakrovchanlik ѐki vertical sakrash balandligini taʼminlovchi bir qator kinematik omillar haqida oʻquv va ilmiy manbaalarda batafsil asoslangan maʼlumotlar berilmagan. Vaholanki, vertikal yoʻnalishda sakrash balandligini taʼminlanishi bir qator kinematik omillarga asoslanadi. Masalan, voleybolchilarga xos sakrash balandligi faqatgina oѐqlarning tezkor-kuchi bilan

taʼminlanmaydi, balki qoʻllar, tana va tana qismlarining faol inversion harakati, shu jumladan oѐqlarni bukilish-ѐzilish burchagiga bogʻliq ekanligi ushbu sifatni rivojlantirishda jiddiy eʼtiborga olinmaydi.Jumladan, sakrash uchun debsinish vaqtida tananing oldinga egilishi, qoʻllarni orqadan oldinga-yuqoriga faol harakat qildirish, inersion kuchni yuzaga keltiradi. Ana shu dinamik holat goʻѐ samolѐtning qanotlari ostidagi harakatlanuvchi qanotchalariga oʻxshab havo qarshiligini kesib, tanani yuqoriga koʻtaradi. Maʼlumki samolѐt havoga faqat unga oʻrnatilgan motor kuchi bilan koʻtarilmaydi, balki maʼlum aerodinamik qonuniyatlar evaziga koʻtariladi. Jumladan, motor samolyotni oldinga qarab harakatlantiradi, uning qanotlaridagi harakatlanuvchi qanotchalarining pastga qarab ogʻishi (harakatlanishi) havo qarshiligini yengib, samolѐtni havoga koʻtaradi. Yugurib kelib sakrashda ham soʻngi qadamlarda oѐqni tizza qismidan bukilishi, qoʻllarni (qanotlarni) orqadan qoldirilishi va debsinish vaqtida ularni oldinga-yuqoriga keskin harakatlantirilishi inersion kuch evaziga sakrash balandligini oshiradi. Agar sakrovchini ikki qoʻli bogʻlab qoʻyilsa va gavda pastga egilmasa, oѐqlarning portlovchi kuchi qanchalik rivojlangan boʻlmasin, sakrash balandligini taʼminlamaydi. Demak, sakrash koʻnikmasi va uning balandligi ham aerodinamik qonuniyatlar bilan bogʻliqdir. Bundan tashqari yuqoriga (vertikal) ѐki uzunlikka (gorizontalѐysimon) sakrash vaqtida havoda (tayanchsiz holatda) sportchi zarur boʻlgan, muayyan koordinatsion xususiyatga ega boʻlgan harakatlarni (voleybolda qoʻlni xujum zarbasi ѐki toʻsiq qoʻyishga qaratilgan harakati) bajaradi.

Binobarin, sakrash turi, uning koordinatsion xususiyati havoda bajariladigan (zarba berish ѐki toʻsiq qoʻyish) harakati koordinatsiyasi, maqsadi va taktikasiga mos ixtisoslashgan boʻlmogʻi lozim. Alohida taʼkidlash joizki, muayyan oʻyin usuliga (turli zonalardan sakrab zarba berish, toʻp uzatish va h.k) mos ixtisoslashgan sakrash turi bir partiya ѐki butun oʻyin davomida takrorlanib borganda shu sakrash koʻnikmasining nafaqat balandligi surʼati), balki uning koordinatsion va biomexanik nusʼhasi (mazmuni) ham buzilishi mumkin. Demak, sakrovchanlikyaʼni bir ѐki bir necha marta baland sakrash qobiliyatidan tashqari sakrash chidamkorligi ham shakllangan boʻlishi darkor.Sakrovchanlik tushunchasining ostida qanday maʼno ѐtadi? – degan savol tugʻuladi. Sakrovchanlik – bu joydan ѐki yugurib kelib, oѐqlarni optimal burchakda bukib (ogʻirlik markazini pastroq tushurib), qoʻllar va gavdani faol harakati evaziga maksimal baland sakray olish qobiliyatini anglatadi. Yugurib kelib debsinib, tayanch holatdan chiqib, yana tayanch holatga qaytish vaqt davomida oʻzgarmasa (saqlab qolsa), shunchalik sakrash chidamkorligi yaxshi baholanadi. Bunday sakrash chidamkorligining taʼminlanishi oѐq mushaklarining portlovchi kuchi, gavda va qoʻllarning faol inersion harakat kuchi hamda oѐqlarning tizza qismidan optimal bukilishi burchagi bilan belgilanadi. Yuqorida qayd etilganidek, aksariyat sport turlarida (sport oʻyinlari turlari, yengil atletikaning sakrash turlari, gimnastika, akrobatika, suvga sakrash, figurali uchish va h.k) ijro etiladigan sakrash koʻnikmalari ѐki elementlari bir-biridan keskin farqlanadi. Lekin bugungi kungacha bir sport turida sakrab ijro etiladigan harakat (oʻyin) usuliga, uning koordinatsiyasi, biomexanik nusxasi va

albatta taktik vazifasiga qarab sakrash, sakrovchanlik hamda sakrash chidamkorligi kabi maxsus sifatlar deyarli oʻrganilmagan. M.A. Godik (2006) ning taʼkidlashicha xatto oddiy yugurish mashqlarida sakrash elementlari mavjud ekan. Uning fikricha odam yugurishda avval bir oѐgʻi bilan debsinish evaziga tayanch holatdan tayanchsiz holatga oʻtadi – “havoda uchish fazasini” bajaradi, keyin ikinchi oѐgʻiga qoʻnib, tayanch holatga keladi. Agar shu uchish fazasi qanchalik uzoq va takrorlanishi (sikli) tez almashinsa, belgilangan masofa shunchalik qisqa vaqtda bosib oʻtilar ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


1. Ayrapetyans L.R., Kleshev Y.N. Voleybol. О‘quv qо‘llanma.Toshkent.,
2. Ayrapetyans L.R., Godik M.A. Sport о‘yinlari va uni о‘qitish uslubiyti.
3. Ayrapetyans L.R., Pulatov A. Yuqori malakali voleybolchilarni tayyorlashda
tanlovning о‘rni. «JT, sport va ma’naviyat» tо‘plami
4. Jeleznyak Y.D., Slupskiy L.N. Voleybol maktabda.
5. Kleshev Y.N., Ayrapetyans L.R., Patkin V.L. Voleybol. Murabbiy kundaligi.
6. Pо‘latov A.A. Voleybol. JTI talabalariga mо‘ljallangan dastur. Ixtisoslik kursi.
7. Pо‘latov A.A. Harakatni aniq ijro etishda vestibulyar analizatorning о‘rni.
sport va ma’naviyat» tо‘plami.
8. Pо‘latov A.A. О‘rgatish uslubiyatiga noan’anaviy yondoshish masalalari
9. Jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi. Toshkent.



    1. Download 45.52 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling