“O‘zbekiston respublikasi umumta’lim maktablarida tarbiya fanini o‘qitish metodikasi”


Download 45.26 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana29.06.2023
Hajmi45.26 Kb.
#1657506
1   2   3
Bog'liq
IRQ0VB4kBORYwNiUi4G1W9fNpXUBJ3IwcjZDP2gZ (1)

Tarbiya
Ma’naviyat
Muvaffaqiyat
Bir  
Ma’ni 
Vaqt 
Tib 
Nav 
Muvaffaq 
Ayb  
Niyat 
Qayt 
 
 
 
Zanjir o‘yini so‘zlarning tugash harfiga so‘z yozish yoki aytish bilan 
kechadigan jarayondir. Masalan: Tarbiya-axloq-qadriyat-tenglik-kamol-latifa.
Zinama-zina o‘yini o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi va har bir guruhga 
bosiqchma-bosqich murakkablashib boruvchi savollar beriladi. Masalan: 
1.Alisher Navoiy qachon va qayerda tug‘ilgan? Ushbu savol nisbatan oson 
savol hisoblanadi va eslab qolishga asoslangan. 
2.Alisher Navoiyning qanday asarlarini bilasiz? Bu savol oldingisiga 
qaraganda murakkabroq savol hisoblanadi. Bu savolga javob berolgan o‘quvchi 
keying zinaga o‘tadi. 
3.Alisher Navoiyning baytlaridan yoddan o‘qing. Bu savol bilimlarni 
hayotda qo‘llashga asoslangandir. Shu tariqa savollar murakkablasha boradi. 
3. O‘yin texnologiyalarining o‘quvchi yoshiga mosligi deganda har bir sinf 
o‘quvchisiga yoshiga mos o‘yin topshiriqlarini taqdim etish tushuniladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari quvnoqroq o‘yinlarni sevishadi. Ularga 
harakatli o‘yinlar taqdim etish maqsadga muvofiq. Chunki boshlang‘ich sinf 
o‘quvchilari bir joyda o‘tirishdan ko‘ra ko‘proq harakatlanishni sevishadi. 


O‘rta sinf o‘quvchilarida musobaqa xarakteridagi o‘yinlar yaxshi samara 
beradi. O‘rta sinf o‘quvchilarining ruhiyatiga xos bo‘lgan xususiyatlardan biri 
ularda musobaqalashish va raqobatga kirishish qobiliyatining rivojlanganligidir. 
Yuqori sinf o‘quvchilari ko‘proq intellektual o‘yinlarga moyil 
bo‘lishadi.O‘quvchilarda yoshi ulg‘aygani sari bosiqlik va intellektual salohiyat 
rivojlanadi, shuning uchun yuqori sinf o‘quvchilariga intellektual o‘yinlarni taqdim 
etish maqsadga muvofiq. 
Xotira mashqi o‘yini. Bunda o‘quvchilardan muayyan tushunchalarni biror 
bir harakat bilan eslab qolish talab etiladi. Masalan: 

Download 45.26 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling