“O‘zbekiston respublikasi umumta’lim maktablarida tarbiya fanini o‘qitish metodikasi”
Download 45.26 Kb. Pdf ko'rish
|
IRQ0VB4kBORYwNiUi4G1W9fNpXUBJ3IwcjZDP2gZ (1)
A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI “Uzluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi Fandagi yangiliklar, fanni o‘qitishning dolzarb masalalari “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA TARBIYA FANINI O‘QITISH METODIKASI” o‘quv kursining “TARBIYA DARSLARIDA O‘YIN TEXNOLOGIYALARI” mavzusidan ma’ruza matni Ma’ruzasi: Shomurodova Sitora Xoshim qizi Toshkent 2022 4-Mavzu: Tarbiya darslarida o‘yin texnologiyalari Reja: 1. Pedagogikada o‘yin texnologiyalarining o‘rni 2. Tarbiya fanini o‘yin texnologiyalari yordamida o‘qitish 3. O‘yin texnologiyalarining o‘quvchi yoshiga mosligi O‘yin texnologiyasi o‘quv jarayonining ma’lum qismini qamrab oladigan yaxlit ta’lim sifatida tashkil etiladi. O‘yin texnologiyalari dars davomida o‘quvchilarni qiziqtirish, rivojlantirish, raqobat muhitini yuzaga keltirish uchun foydalaniladigan usullardir. O‘yinda o‘quvchilar nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniga ega bo‘ladilar. O‘yinlar ijodiy tafakkurni rivojlantirish, o‘z- o‘zini anglash, faolligini oshirishdagi eng erkin shakldir. Ta’limning bugungi vazifasi o‘quvchilarni kun sayin ortib borayotgan axborot – ta’lim muhiti sharoitida mustaqil faoliyat ko‘rsata olish, turli sohalarda zamonaviy axborot texnologiyalarini samarali qo‘llash va axborot oqimidan oqilona foydalanishga o‘rgatishdan iborat. Shu maqsadda, o‘quvchilarga uzluksiz ravishda mustaqil ishlash imkoniyati va sharoitini yaratib berish hamda ijodiy fikrlash va mustaqil qarorlar qabul qilishga o‘rgatish zarur. Bu masalaning yechimi tabiiyki, mazkur jarayonning asosiy tashkilotchisi — pedagoglarni tayyorlash sifatiga bog‘liq. Har bir jamiyatning kelajagi uning ajralmas qismi va hayotiy zarurati bo‘lgan ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Bugungi kunda mustaqil taraqqiyot yo‘lidan ildam borayotgan mamlakatimizning uzluksiz ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish, yangi sifat bosqichiga ko‘tarish, unga ilg‘or pedagogik va axborot texnologiyalarini joriy qilish hamda ta’lim samaradorligini oshirish davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar ta’lim tizimida ham o‘ziga xos o‘zgarishlarni kiritish va yangiliklarni joriy etish zaruratini belgilab bermoqda. Mutaxassislarning fikricha, insonning asosiy faoliyat turi uch ko‘rinish: mehnat faoliyati, o‘yin faoliyati, o‘quv faoliyatida shakllanadi. Ularning barchasi o‘zaro bog‘liq holda sodir bo‘ladi. Ta’kidlashlaricha, bolalarning maktabdagi o‘quv materiallari asosidagi aqliy harakatlarini shakllanish qonuniyatlari o‘yin faoliyatlarida tarkib topadi. Biroq o‘yinli ta’limni o‘quvchilar bilan ishlashdagi asosiy ta’lim shakli deyish to‘g‘ri emas. U o‘quvchida bilish qobiliyatini shakllantirmaydi, biroq ularning bilish faolligini oshiradi, xolos. O‘quvchini aqliy rivojlantirishga yordam beruvchi quyidagi guruhdagi o‘yinlarni ajratish mumkin. 1-guruh. Buyumlar va predmetlarga bog‘liq bo‘lgan predmetli o‘yinlar. Bunda o‘quvchi o‘yinchoq-predmet orqali moddiy olamni, ularning xususiyatini anglashi mumkin. 2-guruh. Intellektual faoliyatni shakllantiruvchi syujetli — rolli ijodiy o‘yinlar. Masalan, “Baxtli tasodif”, “Nima? Qayerda? Qachon?” va boshqalar. Bunday o‘yinlar nafaqat ko‘ngil ochuvchi vosita, balki ulkan evristik va ishontiruvchi energiya manbaidir. 3-guruh. O‘quvchining aqliy qobiliyatini rivojlantiruvchi tayyor qoidalarga asoslangan didaktik o‘yinlar. Qoidalarga ko‘ra, u o‘quvchidan anglashni, taqqoslashni, qismlarga ajratishni, umumlashtirishni, muhimi bilishni talab etadi. 4-guruh. Kattalarning kasbiy faoliyatlarini ifodalovchi texnik-konstruktorlik o‘yinlari. Ular o‘quvchida o‘z ishini rivojlantirish, zaruriy materialni yig‘ish, o‘zini va o‘zgalar faoliyatini tanqidiy baholash imkoniyatlarini hosil qiladi. Mehnat faoliyatini bilish faolligiga undaydi. 5-guruh. Psixik muhitda sodir bo‘luvchi intellektual o‘yinlar. O‘quvchilarning tayyorgarlik darajalarini ko‘rsatuvchi taqqoslash imkonini beruvchi, musobaqa asosida o‘tkaziladigan o‘yinlar. Ular o‘zini shakllantirishga va demak, aqliy faollikka undaydi. Yuqorida tavsiflangan o‘yinlarni o‘quv jarayonida qo‘llash natijasida o‘quvchilarni o‘quv bilim faoliyatlarini keng boshqarish imkoniyatlari hosil bo‘ladi. Tarbiya darslarida o‘yin texnologiyalaridan foydalanishning bir qancha maqsadlari bor: - Didaktik maqsad - bilim, ko‘nikma va malakalarni qo‘llash. Kompetensiyaga erishish. - Tarbiyaviy maqsad – o‘quvchida mustaqillik va irodani rivojlantirish. - Rivojlantiruvchi maqsad – o‘quvchida muloqotga kirishish qobiliyati va dunyoqarashni rivojlantirish. - Ijtimoiy maqsad – o‘quvchilarda jamoaviylik hissini shakllantirish. Trabiya darslarida qo‘llash lozim bo‘lgan o‘yin texnologiyalaridan biri rolli o‘yinlardir. «Rolli o‘yin» metodi - o‘quvchilar tomonidan hayotiy vaziyatning har xil shart-sharoitlarini sahnalashtirish orqali ko‘rsatib bеruvchi metoddir. «Rolli o‘yin» metodining bosqichlari: 1. O‘qituvchi mavzu bo‘yicha o‘yinning maqsad va natijalarini bеlgilaydi hamda rolli o‘yin ssеnariysini ishlab chiqadi. 2. O‘yinning maqsad va vazifalari tushuntiriladi. 3. O‘yinning maqsadidan kеlib chiqib, rollami taqsimlaydi. 4. O‘quvchilar o‘z rollarini ijro etadilar. Boshqa o‘quvchilar ularni kuzatib turadilar. O‘yin yakunida o‘quvchilardan ular ijro etgan rolni yana qanday ijro etish mumkinligini izohlashga imkoniyat bеriladi. Kuzatuvchi bo‘lgan o‘quvchilar o‘z yakuniy mulohazalarini bildiradilar va o‘yinga xulosa qilinadi. “Rolli o‘yin” metodida o‘qituvchi o‘quvchilar haqida oldindan ma'lumotga ega bo‘lishi lozim. Chunki, rollami o‘ynashda har bir o‘quvchining individual xaraktеri, xulq-atvori muhim ahamiyat kasb etadi. Tanlangan mavzular o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasiga mos kеlishi kеrak. «Rolli o‘yin» metodining afzallik tomonlari: - O‘quv jarayonida o‘quvchilarda motivatsiya (qiziqish)ni shakllantirishga yordam bеradi; - O‘quvchilarda shaxslararo muomala malakasini shakllantiradi; - Nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olishni o‘rgatadi; - O‘quvchilarda bеrilgan vaziyatni tahlil qilish malakasi shakllanadi. «Rolli o‘yin» metodining kamchilik tomonlari: - Ko‘p vaqt talab etiladi; - O‘qituvchidan katta tayyorgarlikni talab etadi; - O‘quvchilarning o‘yinga tayyorgarligi turlicha bo‘lishi mumkin; - Barcha o‘quvchilarga rollar taqsimlanmay qolishi mumkin. Anagramma – so‘z o‘yini. Uzun so‘zlardagi harflar yordamida yangi so;zlar hosil qilish. Download 45.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling