O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
Korporasiya biznesni mulk egalaridan aajratilgan tashkiliy-huquqiy shakli
hisoblanadi. Korporasiya (aksiyadorlar jamiyati) ishtirokchilari uning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar va korporasiya faoliyati bilan bog‘liq zarar uchun o‘zlariga qarashli aksiyalar qiymati doirasida javobgar bo‘ladilar. Korporasiya uning mulkdorlaridan alohida yuridik shaxs maqomidagi firma hisoblanadi. Korporasiya - mulkiy paylarga (aksiyalarga) asoslangan firmadir. Korporasiya aksiyalarini xarid qilgan shaxslar uning mulkdorlari sanaladi. Korporasiya - mulk egalaridan birining (bir nechtasining) o‘limi yoki aksiyalarini sotishi, yangi aksiyadorlarning vujudga kelishi korporasiya faoliyatining to‘xtashiga olib kelmaydi. Agar aksiya egalariga korporasiya yuritayotgan siyosat yoqmasa, u o‘ziga tegishli bo‘lgan aksiyani istagan ochiq bozorda boshqa shaxslarga sotishi mumkin, ammo kompaniya tugatilmaydi. Korporasiyaning mulki uning aksiyadorlari o‘rtasida aksiyalar ko‘rinishida taqsimlangan. Korporasiyaning foydasi uning aksiyadorlari o‘rtasida dividend ko‘rinishida taqsimlanishi yoki korporasiyani rivojlantirish uchun taqsimlanmagan foyda ko‘rinishida qoldirilishi mumkin. Korporasiyaning afzalliklari: - korporasiya biznesni tashkil etishning ancha mukammal shakli bo‘lib, yirikligi va faoliyat doirasining kengligi bilan xarakterlanadi; - korporasiyalar qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiya va obligasiyalarini sotish orqali ko‘plab uy xo‘jaligi egalarining mablag‘larini jamlash va ishlab chiqarishni kengaytirishga sarflash imkoniyatiga ega bo‘ladilar; - korporasiya uchun cheklangan javobgarlik xosdir, ya'ni uning mulkdorlari (aksiyadorlar) faqatgina sotib olingan aksiyalar qiymatiga mos bo‘lgan miqdorda tavakkalchilik qiladilar (kreditorlar korporasiya mulkdorlari shaxsiy mulkiga emas, yuridik shaxs sifatida korporasiyaning o‘z mulkiga da'vo qo‘zg‘atishi mumkin); 123 - korporasiya hajmining kattaligi inson resurslaridan foydalanishda chuqur ixtisoslashuvni ta'minlash va ko‘proq samaradorlikka erishishga yo‘l ochadi; - korporasiya mulkdorlardan alohida yuridik shaxs bo‘lgani sababli mulkdorlardan biri yoki bir nechtasi aksiyalarini sotish orqali firmadan chiqishi uning faoliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi, shu tufayli u barqaror rivojlanish xususiyatiga ega. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling