O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet141/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

 
Qisqa xulosalar 
Ishlab chiqarish - korxonalarining asosiy faoliyati turi bo‘lib, bu jarayon 
cheklangan resurslardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqariladigan 
mahsulot miqdori, ushbu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar 
hajmidan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan texnologiyaning holati va darajasiga 
bog‘liq. Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan 
foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o‘rtasidagi 
bog‘liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin.
Izokvanta - bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ishlab 
chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir. 
Omillar mahsuldorligini kamayish qonuni shuni ko‘rsatadiki, biror bir ishlab 
chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish 
o‘zgarmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo‘shimcha 
ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi. Omil mahsuldorligining kamayish 
qonuni chekli mahsulotning kamayishini ifodalaydi.
Izokvantaning ma’lum nuqtasidagi burchak koeffitsienti bir ishlab chiqarish omili 
bilan (bu yerda kapital) boshqa bir omilni (mehnatni) texnik almashtirish qanday 
bo‘layotganligini ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ham ushbu burchak koeffitsientining 
absolyut qiymati chekli texnologik almashtirish normasi deb yuritiladi. 
 
Nazorat va muhokama uchun savollar 
1. Ishlab chiqarish omillariga nimalar kiradi? 
2. Ishlab chiqarish funksiyasi nimani ifodalaydi? 
3. Izokvanta yordamida nimalarni tahlil qilish mumkin? 
4. Chekli texnologik almashtirish normasining mazmuni nimadan iborat? 
5. Izokosta nimani ifodalaydi? 
6. Izokostaning yotiqlik burchak koeffitsenti nimani ifodalaydi? 
7. Firmaning umumiy xarajatlari cheklanganda maksimal mahsulot ishlab 
chiqarish masalasining qo‘yilishi va uning echimi qanday amalga oshiriladi? 
8. Chekli va o‘rtacha mahsulotni hisoblash usulini ko‘rsating. 
9. Izokosta chizig‘ning parallel siljishi sabablari nimada? 
10. Masshtab samarasi nimani ifodalaydi? 


151 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling