O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- 31.3. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli
30.5-jadval
O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish omillari va ularning YaIMdagi hissasi 74 № Omillar 2009-2012 2013-2014 2015-2017 1. Taklif omillari 62 55 53 2. Talab omillari 22 25 26,5 3. Taqsimot omillari 16 20 20,5 Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, omilli tahlillar shuni ko‘rsatadiki uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda uning bilvosita ya’ni talab va taqsimot omillari uning bevosita omillari, ya’ni taklif omillaridan ko‘proq samara berar ekan. 2009 yilda bevosita va bilvosita omillarning ulushi mos ravishda 62 va 38 foizni tashkil etgan bo‘lsa, 2015 yilda ushbu nisbat mos ravishda 53 va 47 foizni tashkil etgan. Bunga o‘z navbatida ichki va tashqi talabni rag‘batlantirish bilan bog‘liq chora tadbirlar sezilarli ta’sir ko‘rsatgan. Kelgusi yillarda esa bu nisbat yanada ortishi kutilmoqda, bunga eng avvalo makroiqtisodiy siyosatda yuzaga keladigan o‘zgarishlar ta’sir etishi prognoz qilinmoqda. 73 Макроэкономика. Теория и российская практика: учебник / под ред. А.Г.Грязневой и Н.Н. Думной.-5-е изд., перераб. И доп.-М.: КНОРУС, 2008, 187-188 с.с 74 Hakimov H.A. Iqtisodiy o‘sishni ta’minlashda talab va taqsimot omillarining ta’sirini oshirish yo‘llari (O‘zbekiston Respublikasi misolida). “Makroiqtisodiyot” mutaxassisligi magistri akademik darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya. T.: TDIU, 2016 y- 40b. 378 31.3. Iqtisodiy o‘sishning E.Domar modeli Iqtisodiy o‘sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ko‘payishi taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi. Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‘sish modellari ham real jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‘rinishda, shartli tarzda grafiklarda va tenglamalarda aks ettiradi. Iqtisodiy o‘sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha modellarning mohiyati quyidagicha: 1) ularning barchasi Keynsning yalpi talb to‘g‘risididagi bosh g‘oyasiga tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan; 2) iqtisodiy o‘sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi; Keynscha iqtisodiy o‘sish modelidan soddarog‘i 40-yillarda E. Domar tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi. Keyns o‘z tahlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta’sirini qrgangani o‘oldaa, yalpi taklifga ta’sirini ko‘rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda Domar modelida mehnat bozorida ortiqcha taklif mavjud, bu baholarn barqaror xolatida ushlab turadi, nvestitsion lag «0» ga teng, kapital quyilmalarni ng chegaraviy unumdorligi doimiy deb olinadi. E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko‘rsatib yalpi talabni oshiradi, balki ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, tovarldar taklifini oshiradi . Shunday ekan, yalpi talabning o‘sishi yalpi taklifning o‘sishiga teng bo‘lishi uchun investitsiyalar qanday o‘sishi kerak degan savol paydo bo‘ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o‘z ichiga olgan tenglamalar sistemasini tuzdi: 1) taklif tenglamasi; 2) talab tenglamasi; 3) talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama. 1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga qo‘shimcha o‘sishini ko‘rsatadi . Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I o‘ssa, yalpi ishlab chiqarish ΔK α miqdorga o‘sadi: Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling