O‘zbеkiston rеspublikаsi
Joriy operatsiyalar hisobi balansi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
35.2. Joriy operatsiyalar hisobi balansi
Joriy operatsiyalarning asosiy moddasi tovarlar eksporti va importi hisoblanadi, ularning farqi tashqi savdo balansining qoldig‘i deb yuritiladi. Misolimizda bu balans salbiydir, ya’ni, mamlakat tovarlarni chetga olib chiqishdan ko‘ra ko‘proq olib keladi (-75). Joriy operatsiyalarning keyingi moddasi – bu, xizmatlar (transport, sug‘urta, sayyohlik xizmatlari va boshqalar) eksporti va importidir. Misolimizda tovarlar bilan bo‘lgan operatsiyalardagi kabi xizmatlar bilan bo‘lgan operatsiyalarda ham mamlakat xorijiy xizmatlarni ko‘proq oladi ya’ni, masalan, mamlakatda yashovchilar xorijga chetdan mamlakatga keladigan sayyohlarga nisbatan ko‘proq boradilar, shuningdek, mamlakatdagi tadbirkorlarga xorijiy transport va sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish hajmi xorijiy tadbirkorlarga mamlakatda trasport va sug‘urta kompaniyalari ko‘rsatadigan xizmatlar hajmiga qaraganda yuqoriroq va h.k. Bu operatsiyalar bo‘yicha ham balans salbiy qoldiqqa ega (-12). Investitsiyalardan daromadlar, foizlar va dividendlar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z ichiga oladi. Agar xorijga qo‘yilgan milliy kapital uchun chet to‘lovlari bo‘yicha tushumlar mamlakat iqtisodiyotiga jalb etilgan xorijiy kapital uchun to‘lanadigan to‘lovlar miqdoridan ko‘p bo‘lsa, unda sof daromad musbat bo‘ladi (+8). Transfert ko‘rinishida pul o‘tkazishlar shu mamlakatlarning xorijda yashayotgan fuqarolariga to‘lanidagan nafaqalarni, muhojirlarning xorijdagi o‘z qarindoshlariga pul o‘tkazmalari, turli ko‘rinishdagi hukumat yordamlarini o‘z ichiga oladi. Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, xorijga jo‘natilayotgan pul o‘tkazishlar miqdori olinayotganiga nisbatan yuqori, ya’ni, operatsiyalar mamlakatdagi xorijiy valuta zahiralarini kamaytiradi (-8). Joriy hisoblar bo‘yicha barcha operatsiyalar yig‘indisi joriy operatsiyalar balansini tashkil etadi. Bizning misolda u salbiy (-87). Bu esa mamlakatda import operatsiyalari natijasida xorijiy valutaga bo‘lgan talab uning eksport operatsiyalari ta’minlaydigan taklifdan ortiq bo‘lishini anglatadi. Boshqacha aytganda, ushbu holda mamlakat to‘lov balansi joriy operatsiyalar bo‘yicha kamomadga ega. 416 Makroiqtisodiy modellarda joriy operatsiyalar balansi qoldig‘i quyidagicha beriladi: Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling