O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet378/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

konvertirlashuvi deganda uni boshqa xorijiy valutalarga almashish qobiliyati 
tushiniladi. Hozirgi paytda ular erkin konvertirlanadigan, qisman konvertirlanadigan 
va konvertirlanmaydigan valutalarga ajratiladi. 
Erkin konvertirlanadigan valuta – bu, amaldagi kurs bo‘yicha har qanday 
boshqa xorijiy valuta erkin va cheklanmagan miqdorda ayirboshlanadigan valutadir. 
Bunga misol qilib AQSh, Yevropa hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar, Yaponiyalar 
valutalarini kiritish mumkin. 
Qisman konvertirlanadigan valuta – bu, faqat ba’zi xorijiy valutalarga 
almashtiriladigan va xalqaro to‘lov oborotini qisman qamrab oladigan milliy 
valutadir. 
Konvertirlanmaydigan valuta – bu, faqatgina ichki to‘lovlarga xizmat 
qiladigan va xorijiy valutaga ayirboshlanmaydigan milliy valutadir. 
Konvertirlashni ichki va tashqi konvertirlashga ham ajratish mumkin. Ichki 
konvertirlash rezidentlarining mamlakat ichkarisida xorijiy valutani sotib olishi, uni 
saqlab turishi va u bilan ayrim operatsiyalarni olib borishini imkoniyatini aks ettiradi. 
Tashqi konvertirlashda xorijda to‘lovlarni amalga oshirishga va moliyaviy aktivlarni 
ushlab turishga ruxsat etiladi. Valutalarni konvertirlash ko‘pgina mamlakatlar olib 
borayotgan iqtisodiy siyosatlarning muhim maqsadi hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasida valyuta siyosati uning asosiy tamoyillari, ya’ni 
milliy valyutamiz so‘mning almashuv kursi barqarorligini hamda ichki valyuta 
bozorida talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib 
amalga oshirilmoqda.
So‘nggi yillarda valyuta siyosati uning asosiy tamoyillari, ya’ni milliy 
valyutamiz so‘mning almashuv kursi barqarorligini hamda ichki valyuta bozorida 
talab va taklifning mutanosibligini ta’minlash maqsadlaridan kelib chiqib amalga 
oshirilmoqda.
Bunda asosiy e’tibor inflyasion jarayonlarni jilovlashga, milliy valyuta 
almashuv kursi keskin tebranishlarining oldini olishga hamda eksportni qo‘llab-
quvvatlashga qaratilayapti. Eksportni rag‘batlantirish maqsadida so‘mning AQSH 
dollariga nisbatan kursini bosqichma-bosqich pasaytirish choralari ko‘rilayapti (2.2-
jadval). 
Jadval ma’lumotlari tahlilidan ko‘rishimiz mumkinki, milliy valyutamiz so‘m 
muomalaga kiritilgan vaqtdan hozirgacha bo‘lgan davrda milliy valyutaning AQSH 


425 
dollariga nisbatan devalvatsiyasi 440,1 barobarni tashkil etgan. Eksportni 
rag‘batlantirish maqsadida so‘mning AQSH dollariga nisbatan kursini bosqichma-
bosqich pasaytirish choralari ko‘rilishi natijasida, 2017 yil davomida so‘mning 
AQSH dollariga nisbatan ayirboshlash kursi 251 foizga pasayib, 2019 yilning 1 
yanvar holatiga ko‘ra, bir AQSH dollari 8120,07 so‘mni tashkil qildi. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   374   375   376   377   378   379   380   381   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling