O‘zbеkiston rеspublikаsi


Bertran muvozanati (Bertrand equilibrium)


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet386/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

Bertran muvozanati (Bertrand equilibrium) - bozor duopolik bo‘lganda 
firmalar tovar narxini tushirish va mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish orqali 
bir biri bilan raqobatlashadi. Tovar narxi chekli xarajatga teng bo‘lganda muvozanat 
holat barqarorlashadi. 
Befarqlik chizig‘i (indifference curve) - shaxs uchun bir xil naf beradigan 
bo‘sh vaqt, ish vaqti va ish haqi (daromad) kombinasiyalarini ifodalovchi egri chiziq 
(bu yerda bo‘sh vaqt va ish vaqti 0 dan 24 soatgacha qiymat qabul qiladi va har bir 
ish vaqti ma`lum daromadni, ish haqini ifodalaydi). 
Bozor muvozanati - bozorda taklif miqdorini talab miqdoriga teng bo‘lgan 
hol, taklif chizig‘i bilan talab chizig‘i kesishgan nuqtaga muvozanat nuqta deyiladi. 
Byudjet - iste`molchining ma`lum vaqt oralig‘ida oladigan barcha daromadlari 
yig‘indisi. 
Byudjet chegarasi (budget constraint) - “umumiy vaqt – daromad” 
koordinatalariga ega bo‘lgan to‘g‘ri chiziq bo‘lib, uning yotiqlik burchagi ish haqini 
ifodalaydi. (daromad 0 bo‘lganda vaqt 24 soatga teng, ya`ni (24,0). 
Byudjet chizig‘i (budget line) - byudjetni to‘liq sarflash sharti bilan 
iste`molchi sotib oladigan tovarlar kombinasiyalarini ifodalovchi chiziq. 
Daromad (revenue, yalpi daromad, TR) - sotilgan tovar miqdorini narxga 
ko‘paytirilganiga teng, mahsulotlarni sotishdan tushgan tushum. 
Daromad samarasi (income effect) - iste`mol majmuasiga kiruvchi 
ne`matlardan birining narxi o‘zgarishi natijasida hosil bo‘lgan real daromad 
hisobidan iste`mol tarkibini o‘zgarishi. 
Diversifikasiya - tavkkalchilikni pasaytirish usuli bo‘lib bunda tavakkalchilik 
(yo‘q otishlar) bir qator tovarlarga shunday taqsimlanadiki, tovarlardan bittasini sotib 
olishdan tavakkalchilikning ortishi boshqa tovarni sotib olishdagi tavakkalchilikning 
pasayishini bildiradi. 
Diskontlash - qiymatlarni (daromadni, xarajatni, kapitalni) boshlang‘ich yilga 
yoki oxirgi yilga keltirish. 


436 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   382   383   384   385   386   387   388   389   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling