Davlat mulkini samarali boshqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish orqali byudjet daromadlarini mustahkamlashning ustuvor yo’nalishlari


Download 71.34 Kb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi71.34 Kb.
#1527091
  1   2   3
Bog'liq
DAVLAT MULKINI SAMARALI BOSHQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISHNI JADALLASHTIRISH

DAVLAT MULKINI SAMARALI BOSHQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISHNI JADALLASHTIRISH ORQALI BYUDJET DAROMADLARINI MUSTAHKAMLASHNING USTUVOR YO’NALISHLARI

6MM-20 GURUH TALABASI ABDUSALOMOV SAMARIDDIN


Mulkchilik munosabatlari har qanday jamiyat iqtisodiy tizimining asosiy munosabatlaridan birini tashkil qilib, insoniyat taraqqiyotining mahsuli hisoblanadi. Mulkchilik munosabatlari moddiy va mahnaviy nehmatlarni ishlab chiqarish hamda jamiyat boyliklarini o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladi. shunday ekan, mulkchilik munosabatlari – bu mulkka egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish va o’zlashtirish jarayonlarida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlardir.
Barqaror iqtisodiy taraqqiyotni tashkil etish va bozor muvozanatiga erishishda, jamiyat ahzolarining ehtiyojlarini oqilona qondirish darajasini oshirish vazifalarini hal etishda mulkiy islohotlar siyosatini takomillashtirish zaruriyati ortmoqda. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish, mulkka egalik qilish va uning hajmini oshirish orqali yuqori samaradorlikka erishish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish, uni rag’batlantirish mo’ljallanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 2017 yil 7 fevral kuni 4947-sonli “2017-2021 yillarda O’zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasi to’g’risida”gi Farmoni tasdiqlandi. Uning uchinchi yunalishi “iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga qaratilgan bo’lib, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeyini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish” ustuvor yo’nalish sifatida qayd etilgani bejiz emas.
Birinchi prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, “Xususiy mulk va xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirish maqsadida bu sohaga to’liq erkinlik berish, bu yulda g’ov bo’lib turgan barcha to’siq va cheklovlarni bartaraf etish eng muhim ustuvor vazifadir. Barqaror iqtisodiy o’sish va mamlakatimizning kelajak istiqboli, aholining hayot darajasi va sifati ko’p jihatdan ayni mana shu eng ustuvor vazifaning qanday hal etilishiga bog’liq” .
Milliy iqtisodiyotimiz uchun 2017-2019 yillar kuchli burulish yillari bo’ldi desak mubog’ala bo’lmaydi. Chunonchi ushbu sohada yangi qaror, loyihalar va islohatlar amalga oshirildi. Davlat mulki jadal sur’atlar bilan davlat tasarrufidan chiqarildi va xususiylashtirildi. Natijada foydalanilmay yotgan davlat obyektlariga yangi investitsiyalar jalb qilinib, iqtisodiyotimizning muhim sohalari farmasevtika, charm-poyabzal sanoati, kimyo sanoati kabi sohalari yanada keng rivojlanmoqda. Ushbu chora tadbirlar natijasini biz YAIM tarkibida sanoat mahsulotlari keskin ijobiy ta’rafga o’zgarishida ko’rishimiz mumkin.
Yurtboshimizning Oliy Majlisga murojatnomasida quyidagi vazifalar belgilab berildi: ”Biz iqtisodiyotimizga sarmoya kiritishga intiladigan investorlar uchun hududlar va tarmoqlar boʻyicha investiqiya loyihalarini puxta shakllantirishimiz. shular asosida eksportga mahsulot chiqarayotgan, innovatsion va yuqori texnologik ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻygan tadbirkorlarga va chet ellik investorlar uchun imkoniyatlar yaratishimiz kerak”.
Jamiyat rivojining hozirgi bosqichida mulkchilik munosabatlari o’z ichiga davlat mulkini, ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish va matlubot sohalaridagi jamoa mulkining xilma-xil turlarini, ijtimoiy tashkilotlar mulkini, uy xo’jaligi va shaxsiy tomorqa xo’jaligi hamda yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan mehnatkashlarning shaxsiy mulkini, tashqi iqtisodiy munosabatlar sohasidagi aralash mulk shakllarini va xususiy mulklarni oladi. shu sababli «O’zbekiston Respublikasining mulkchilik to’g’risida»gi qonunida turli-tuman mulklar quyidagi mulk shakllariga kiritiladi: davlat mulki, jamoa mulki, xususiy mulk, shaxsiy mulk, aralash mulk (2-rasm).
Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo’lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog’liq. shu bilan birga mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.

Download 71.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling