Davlat mulkini samarali boshqarish va xususiylashtirishni jadallashtirish orqali byudjet daromadlarini mustahkamlashning ustuvor yo’nalishlari


Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk obhektlaridan iborat


Download 71.34 Kb.
bet2/3
Sana17.06.2023
Hajmi71.34 Kb.
#1527091
1   2   3
Bog'liq
DAVLAT MULKINI SAMARALI BOSHQARISH VA XUSUSIYLASHTIRISHNI JADALLASHTIRISH

Davlat mulki – egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo’lgan mulk obhektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo’l bilan hosil bo’ladi:
1) xususiy mol-mulkning milliylashtirilib, davlat ixtiyoriga o’tkazilishi;
2) davlat mablag’lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda investitsiyalarni amalga oshirish.
O’zbekiston Respublikasining “Mulkchilik to’g’risida”gi Qonuniga ko’ra davlat mulki:
  • O’zbekiston Respublikasining davlat mulkiga mahmuriy-hududiy tuzilmalarning mulki (kommunal mulk) kiradi. Davlat mulkini tasarruf etish va boshqarishni xalq (mahmuriy-hududiy tuzilma aholisi) nomidan tegishli xalq de’utatlari Kengashlari va ular vakolat bergan davlat boshqaruvi idoralari amalga oshiradilar.

Xususiy mulk – bir shaxsga jumladan, tadbirkorga qarashli bo’lib, yollanma mehnatga asoslangan holda daromad olishga qaratilgan mulkdir. Bu yerda mulk egasi bilan tadbirkorni bir xil qarash kerak emas. Mulk egasi o’z mulkini o’zi yuritishi ham mumkin, uni tadbirkorga ijaraga berishi ham mumkin. Agar mulk egasi o’z mulkini o’zi yuritsa, u bir vaqtning o’zida ham mulk egasi ham tadbirkor sifatida namoyon bo’ladi.
Xususiy mulk:
1. Xususiy mulk o’z mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir. Xususiy mulk mulkdorning ishlab chiqarish jarayonida va (yoki) yollanma mehnatni qo’llashda shaxsan bevosita ishtirok etishiga asoslanishi mumkin.
2. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat himoyasidadir. Mulkdor o’z mulkidan faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina mahrum etilishi mumkin.
3. Xususiy mulk fuqarolarning yollanib ishlashdan, tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanishdan olgan daromadlari hamda kredit muassasalariga qo’ygan mablag’laridan, aktsiyalar va boshqa qimmatli qog’ozlardan kelgan daromadlardan, meros bo’yicha va amaldagi qonun hujjatlarida man etilmagan o’zga asoslarga muvofiq mol-mulkka ega bo’lishlari hisobiga hosil etiladi va ko’’ayib boradi. Fuqarolarning xususiy mulki ularning davlat mulkini xususiylashtirishda ishtirok etishi hisobidan vujudga keltirilishiga ham yo’l qo’yiladi.

Download 71.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling