O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet388/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

Iqtisodiy resurslar - ishlab chiqarishda foydalaniladigan omillar yoki ishlab 
chiqarish omillari. 
Iqtisodiy o‘sish - ishlab chiqarishda foydalaniladigan resurslar miqdorini 
oshirish yoki texnologiyani takomillashtirish orqali jamiyatning ishlab chiqarish 
imkoniyatlarini kengaytirish. 
Investision loyihani oqlash muddati - joriy foydalar yi?indisini investisiya 
qiymatiga teng bo‘lishini ta`minlovchi minimal vaqt oralig‘i. 
Investisiyalash - asosiy kapitalni to‘ldirish va o‘stirish uchun vapital qo‘yish 
jarayoni. 
Investisiyani ichki oqlash normasi - investision loyiha samaradorligi 
ko‘rsatkichi. Investisiyani qiymati bilan kelajakda olinadigan sof foydaning 
diskontirlangan qiymati yig‘indisini nolga aylantiruvchi ichki qaytim normasi. 


437 
Inglizcha auksion - bunda stavka pastdan yuqoriga tovar sotilgunga qadar 
oshib boradi, tovar taklif qilingan maksimal narxda sotiladi.
Inson kapitali nazariyasi - inson kapitaliga investisiya qo‘yish natijasida ish 
haqining har xil darajada bo‘lishi sabablarini tushuntirib beruvchi nazariya. 
Inson kapitaliga investisiya (human capital investment) - insonning 
qobiliyatini, malakasini, ishchining mehnat unumdorligini oshirishga olib keladigan 
har qanday harakat (shu bilan birga bilim olishiga, sog‘liqini tiklashga sarflar). 
Institutlar - iqtisodiy sub`ektlar harakatini cheklovchi, ularning o‘zaro 
munosabatlarini tartibga soluvchi me`yorlar, qoidalar hamda ushbu me`yor va 
qoidalarni bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari. 
Iste`molchi ortiqchaligi (yutug‘i) - iste`molchi tovarlar uchun to‘lashi 
mumkin bo‘lgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy to‘langan narxlar 
ayirmalarining yig‘indisi. 
Ish haqi (wage rate) - foydalanilgan mehnat uchun berilgan pul miqdori yoki 
narx. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   384   385   386   387   388   389   390   391   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling