O‘zbеkiston rеspublikаsi


Ichki makroiqtisodiy tartibga solish


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet380/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

Ichki makroiqtisodiy tartibga solish. Valuta kursi barqarorligini ushlab 
turishning oxirgi vositasi ichki soliq yoki pul siyosatidan shunday foydalanish 
hisoblanadiki, bunda tegishli chet el valutasining etishmasligi bartaraf qilinadi. 
Masalan, cheklovchi soliq va pul kredit siyosati tadbirlari mamlakat milliy 
daromadini boshqa bir davlat milliy daromadiga nisbatan pasaytiradi. Chunki, import 
miqyosi milliy daromad darajasiga to‘g‘ridan- to‘g‘ri bog‘liq bo‘lib, bu o‘sha boshqa 
davlat buyumlariga va demak, xorijiy valutaga talabning cheklanishiga olib keladi. 
 


427 
36.3. Valuta kursi va uni belgilovchi omillar 
Barcha xalqaro bitimlar valutalarni ayirboshlash orqali olib borilishi tufayli har 
qanday ayirboshlashda bo‘lgani kabi valuta bahosini yoki valuta kursini aniqlash 
zaruriyati paydo bo‘ladi. Shunday qilib, valuta kursi – bu, bir mamlakat pul 
birligining boshqa mamlakatlar pul birligida ifodalangan bahosidir. Valuta 
kursini o‘rnatish kotirovkalash deb ataladi. U to‘g‘ri va teskari kotirovkalashga 
ajratiladi. Agar xorijiy valuta birligining bahosi milliy valutada ko‘rsatilsa, bunga 
to‘g‘ri kotirovkalash deb ataladi. Masalan, 1 AQSh dollari 975 so‘mga, 1 Rossiya 
rubli 32 so‘mga teng va hakozo. Teskari kotirovkalashda milliy valutaning bir 
birligiga to‘g‘ri keladigan xorijiy valutaning miqdori o‘rnatiladi. Masalan, 1 o‘zbek 
so‘mi 0,001025 AQSh dollariga to‘g‘ri keladi. Dunyoning ko‘p mamlakatlarida, shu 
jumladan, O‘zbekistonda ham to‘g‘ri kotirovkalash qabul qilingan. Valuta bozoridagi 
talab va taklifni solishtirish natijasida valutaning bahosi yoki kursi aniqlanadi. 
O‘zbek so‘mining kursi O‘zbekiston valuta birjasida o‘rnatiladi, uning ishtirokchilari 
valuta operatsiyalarini olib borish huquqiga ega bo‘lgan banklar hisoblanadi. Shu 
bilan birga, turli pul birliklari uchun valuta kurslarini o‘rnatish jarayonida bozor 
kuchlarining ta’sir etish darajasi bir xil emas. Bu ta’sir kuchiga bog‘liq holda valuta 
kurslarini qabul qilishning bir- biridan farq qiluvchi ikki varianti mavjud. 
1. 
Talab va taklifga asosan aniqlanadigan egiluvchan yoki erkin suzib 
yuruvchi valuta kursi tizimi. 
2. 
Davlat aralashuvi asosida aniqlanadigan qat’iy belgilangan valuta kursi 
tizimi. 
Erkin suzib yuruvchi valuta kurslari talab va taklif asosida aniqlanadi. Masalan, 
bir o‘zbek so‘mining AQSh dollariga almashishini qarab chiqamiz. Milliy valuta 
kursining pasayishi natijasida dollarga talab kamayadi va taklif esa oshadi (36.1-
rasm). 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling