O‘zbеkiston rеspublikаsi


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet379/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

19.1-jadval 
1994 - 2017 yillarda O‘zbekiston milliy valyutasi so‘mning AQSH 
dollariga nisbatan almashuv kursi dinamikasi
85
 
Yillar 
Almashuv kursi, 
so‘m/$ 
O‘sishi (kamayish) sur’ati, % 
oldingi yilga 
nisbatan 
1994 yilga 
nisbatan 
1994 
18,45 

100 
1995 
31,41 
170,2 
170,2 
1996 
42,43 
135,1 
229,9 
1997 
69,80 
164,5 
378,3 
1998 
99,40 
142,4 
538,6 
1999 
131,01 
131,8 
709,9 
2000 
249,58 
190,5 
1352,4 
2001 
445,99 
178,7 
2416,7 
2002 
808,59 
181,3 
4381,5 
2003 
1022,05 
126,4 
5538,2 
2004 
1072,13 
104,9 
5809,6 
2005 
1170,77 
109,2 
6344,1 
2006 
1281,99 
109,5 
6946,8 
2007 
1329,43 
103,7 
7203,8 
2008 
1387,92 
104,4 
7520,8 
2009 
1541,98 
111,1 
8355,6 
2010 
1668,42 
108,2 
9040,7 
2011 
1803,57 
108,1 
9773,0 
2012 
1987,53 
110,2 
10769,9 
2013 
2202,18 
110,8 
11933,0 
2014 
2422,40 
110 
13126,3 
2015 
2810,0 
116 
15226,5 
2016 
3231,48 
115 
17510,5 
2017 
8120,07 
251,3 
44011,2 
 
36.2. Valuta bozorini davlat tomonidan tartibga solish usullari 
 
Bozordagi talab va taklif ta’siri natijasida vaqti-vaqti bilan valuta kurslari 
o‘zgarib turadi. Davlat valuta kurslarini barqororlashtirish uchun valuta bozorining 
85
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ma’lumotlari 


426 
amal qilishiga bevosita yoki bilvosita aralashishi zarur. Buning bir qator usullari 
mavjud: 
1. Zahiralardan foydalanish. Valuta kursini mustahkamlashning ko‘proq 
qo‘llaniladigan usuli - rasmiy zahiralar bilan bozorda manipulyasiya qilish 
hisoblanadi. O‘z-o‘zidan aniqki, valuta zahiralari alohida mamlakatlar ixtiyoridagi 
chet mamlakatlar valutalarining zahirasidir (Masalan, AQSh dollari, YEVRO va 
h.k.). 
2. 
Savdo siyosati. Valuta bozoriga ta’sir ko‘rsatishning boshqa tadbirlariga 
savdo va moliyaviy oqimlar ustidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri nazorat qilishni kiritish 
mumkin. Masalan, AQSh dollarining etishmasligi sharoitida valuta kursini tegishli 
darajada importni cheklash hisobiga ushlab turish mumkin. Xususan import hajmi boj 
yoki import kvotalarini kiritish bilan qisqarishi mumkin. Boshqa tomondan mamlakat 
hukumati eksport uchun milliy ishlab chiqaruvchilarga subsidiya berib, shu orqali 
xorijiy valuta taklifini ko‘paytirishi mumkin. Bu tadbirlardan foydalanishda vujudga 
keladigan asosiy muammo shundan iboratki, u jahon savdosi hajmini qisqartiradi, 
uning tarkibini va savdo aloqalarini o‘zgartirib yuboradi, iqtisodiy maqsadga 
muvofiqlikning buzilishiga hissasini qo‘shadi. Buning oqibatlarini hisobga olmaslik 
mumkin emas. 
3. Valuta nazorati. Boshqa muqobil variant valuta nazorati hisoblanadi. 
Valuta nazorati sharoitida hukumat milliy eksportyorlar olgan barcha tegishli chet el 
valutalarini davlatga sotish talabi bilan ularning etishmasligi muammosini hal qilishi 
mumkin. Keyin, hukumat o‘z navbatida chet el valutasining bu zahirasini turli milliy 
importyorlar o‘rtasida taqsimlaydi. Shu yo‘l bilan hukumat milliy importni, milliy 
eksport hisobidan olingan chet el valutasi miqdoriga cheklaydi. 
Valuta nazorati tizimi bir qator kamchiliklarga ega. Birinchidan, savdo 
cheklashlari (boj, kvota, eksportga subsidiya) kabi valuta nazorati nisbiy ustunlik 
tamoiliga asoslangan xalqaro savdoning tarkib topgan aloqalarini buzadi. 
Ikkinchidan, etarli bo‘lmagan valuta resurslari ustidan valuta nazorati jarayoni
so‘zsiz, alohida importyorlarni kamsitilishi bilan bog‘liq. Uchinchidan, nazorat 
tadbirlari iste’molchining tanlash erkinligiga tajovuz qilish hisoblanadi. 
4. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   375   376   377   378   379   380   381   382   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling