O‘zbеkiston rеspublikаsi


Qaytarilmaydigan xarajatlar


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

Qaytarilmaydigan xarajatlar. Qaytarilmaydigan xarajatlar oldin qilingan 
xarajatlar bo‘lib, ularni qaytadan tiklash mumkin emas. Bu xarajatlar qaytarilmasligi 
uchun ham firmaning qaror qabul qilishiga ta’sir qilmaydi. Masalan, firma 100 ming 
so‘mga maxsus uskuna sotib oldi, lekin firmaning qarori o‘zgardi va bu uskuna umuman 


154 
kerak bo‘lmay qoldi, undan alternativ foydalanish varianti mavjud emas. Firma ushbu 
uskunani 60 mln. so‘mga sotib, 40 mln. so‘m zarar ko‘rdi. Bunda 40 mln. so‘m 
qaytarilmaydigan xarajat hisoblanadi va firmaning harakatiga ta`sir qilmaydi. 
 
11.3. O‘zgarmas, o‘zgaruvchan, o‘rtacha va chekli xarajatlar 
 
O‘zgarmas xarajatlar (TFC - fixed costs) - bu qisqa muddatli oraliqda 
mahsulot ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq bo‘lmagan xarajatlardir (mahsulot ishlab 
chiqarish hajmi oshganda ham, kamayganda ham o‘zgarmaydigan xarajatlar). 
O‘zgarmas xarajatlarga binodan, texnikadan, inshootlardan, ishlab chiqarish 
uskunalaridan foydalanish bilan bog‘liq xarajatlar, ijara haqi, kapital ta’mirlash, 
ma’muriy xarajatlar kiradi. O‘zgarmas xarajatlar (TFC) chizig‘i grafikda quyidagicha 
tasvirlanadi (11.2-rasm). 
11.2-rasm. O‘zgarmas (TFC) xarajatlar chizig‘i grafigi 
 
O‘zgaruvchan xarajatlar (TVC - Variable Costs) - mahsulot ishlab chiqarish 
hajmiga bog‘liq bo‘lgan xarajatlar, ya’ni mahsulot hajmi oshganda yoki kamayganda 
o‘zgaradigan xarajatlar. O‘zgaruvchan xarajatlar Q ga bog‘liq funksiya bo‘lib, 
TVC(Q) ko‘rinishida yozilishi mumkin. O‘zgaruvchan xarajatlar (TVC) chizig‘i 
grafikda quyidagicha tasvirlanadi (11.3-rasm). 
 
 
 
 
11.3-rasm. O‘zgaruvchan (TVC) xarajatlar chiziqlari grafigi 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling