O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
Qisqa xulosalar Ishlab chiqarish - korxonalarining asosiy faoliyati turi bo‘lib, bu jarayon cheklangan resurslardan foydalangan holda amalga oshiriladi. Ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori, ushbu tovarlarni ishlab chiqarish uchun sarflanadigan resurslar hajmidan va ishlab chiqarishda foydalanilayotgan texnologiyaning holati va darajasiga bog‘liq. Sarflanadigan ishlab chiqarish omillari miqdori bilan, ushbu omillardan foydalangan holda maksimal ishlab chiqariladigan mahsulot miqdori o‘rtasidagi bog‘liqlikni ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalash mumkin. Izokvanta - bu bir xil hajmdagi mahsulotni ishlab chiqarishni ta’minlaydigan ishlab chiqarish omillari sarflari kombinatsiyalarini ifodalovchi egri chiziqdir. Omillar mahsuldorligini kamayish qonuni shuni ko‘rsatadiki, biror bir ishlab chiqarish omilidan foydalanish oshib borganda (boshqa omillardan foydalanish o‘zgarmaganda), shunday bir nuqtaga erishiladiki, ushbu nuqtadan boshlab qo‘shimcha ishlatilgan omil ishlab chiqarish hajmini kamaytiradi. Omil mahsuldorligining kamayish qonuni chekli mahsulotning kamayishini ifodalaydi. Izokvantaning ma’lum nuqtasidagi burchak koeffitsienti bir ishlab chiqarish omili bilan (bu yerda kapital) boshqa bir omilni (mehnatni) texnik almashtirish qanday bo‘layotganligini ko‘rsatib beradi. Shuning uchun ham ushbu burchak koeffitsientining absolyut qiymati chekli texnologik almashtirish normasi deb yuritiladi. Nazorat va muhokama uchun savollar 1. Ishlab chiqarish omillariga nimalar kiradi? 2. Ishlab chiqarish funksiyasi nimani ifodalaydi? 3. Izokvanta yordamida nimalarni tahlil qilish mumkin? 4. Chekli texnologik almashtirish normasining mazmuni nimadan iborat? 5. Izokosta nimani ifodalaydi? 6. Izokostaning yotiqlik burchak koeffitsenti nimani ifodalaydi? 7. Firmaning umumiy xarajatlari cheklanganda maksimal mahsulot ishlab chiqarish masalasining qo‘yilishi va uning echimi qanday amalga oshiriladi? 8. Chekli va o‘rtacha mahsulotni hisoblash usulini ko‘rsating. 9. Izokosta chizig‘ning parallel siljishi sabablari nimada? 10. Masshtab samarasi nimani ifodalaydi? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling