O‘zbеkiston rеspublikаsi
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Iqtisodiy renta S W E 2 W
Qisqa xulosalar Ishlab chiqarish omillari bozori deganda, mehnat, xom ashyo, kapital, yer va boshqa ishlab chiqarish resurslari bozori tushuniladi. Resurslar bozoridagi talab va taklif iste’mol tovarlari bozori ta’sirida shakllanadi. Qo‘shimcha yollangan bitta ishchi kuchidan olinadigan qo‘shimcha daromad mehnatning chekli daromadliligi deyiladi va u L MRP orqali belgilanadi. Iqtisodiy renta S W E 2 W 1 D 2 E 1 W 0 D 1 L L 227 Mehnatning chekli daromadliligi L MRP ning iqtisodiy ma’nosi shundan iboratki, ya’ni u qo‘shimcha bir birlik ishchi kuchidan foydalanib qo‘shimcha ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini ) ( L MP , qo‘shimcha bir birlik ishlab chiqarilgan mahsulotdan olinadigan qo‘shimcha daromad MR ga ko‘paytirish orqali aniqlanadi. Mehnat bozorida ishchi kuchiga talab - bu firmalarning ishchi kuchiga talabidir. Taklif ishchilar tomonidan bo‘ladi. Umumiy bozor talabi tarmoqdagi firmalar talablari yig‘indisi bilan aniqlanadi. Har bir ishchi oldidagi masala, bu qancha ishlab, qancha dam olish muammosidir. Agar sutkada 24 soat bo‘ladigan bo‘lsa, ishchi 24 soat ishlasa, u M so‘mga teng bo‘lgan maksimal daromad olishi mumkin. Agar u ishlamasa, uning maksimal dam olishi bir sutkaga, ya’ni, 24 soatga teng bo‘ladi va uning daromadi nolga teng. Odatda ish haqi oshganda, ko‘pchilik ko‘proq ishlab, ko‘proq daromad olishga harakat qiladi. Lekin, ish vaqti oshgan sari bo‘sh vaqtning ham qimmati oshib boradi. Inson ma`naviy o‘sishga ham intiladi. Demak, ish vaqtining o‘sishi o‘z chegarasiga ega. Nima uchun deganda, insonlar, ishlab topgan daromadini ko‘proq zavq olish uchun, dam olishga sarflaydilar. Minimal ish haqi davlat tomonidan qonun orqali o‘rnatiladi. Ko‘p hollarda minimal ish haqi muvozanat ish haqi darajasidan yuqori qilib o‘rnatiladi. Amalda o‘rtacha ish haqi mutaxassisliklar bo‘yicha ham, tarmoqlar bo‘yicha ham, hattoki bir xil ishni bajaruvchi ishchilar bo‘yicha ham farq qiladi. Ushbu farqning tagida, insonlar qobiliyatining xilma-xilligi, ma`lumoti, bilimi, tajribasi, malakasi yotadi. Bulardan tashqari, ular bajaradigan ishlarning turi ham, ular oladigan daromadlarga har-xil ta’sir qiladi. Ishning murakkabligi, ishlab chiqarishning inson hayoti uchun zararli bo‘lishi, ushbu sohada ishlovchilarning ish haqida ushbu zararni qoplaydigan qo‘shimcha ish haqida o‘z ifodasini topadi. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling