O‘zbеkiston rеspublikаsi
Yer narxi=ijara to‘lovlari/Foiz stavkasi=5600/0,1=56000 so‘m bir gektari
Download 5 Mb. Pdf ko'rish
|
MIKRO MAKRO
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qisqa xulosalar Kapital
Yer narxi=ijara to‘lovlari/Foiz stavkasi=5600/0,1=56000 so‘m bir gektari
uchun. Misol 2. Yerga talab quyidagi funksiya orqali berilgan: Q R 200 4 , bu yerda Q - foydalaniladigan yer maydoni; R - renta foizi (bir gektariga ming so‘m). Agar yer hajmi 100 gektar bo‘lsa, muvozanat yer foizi qancha bo‘ladi? Bank foiz stavkasi 125 % bo‘lsa, bir gektar yerning narxi necha so‘m bo‘ladi? Agar davlat maksimal rentani bir gektariga 20000 so‘m qilib belgilasa, ushbu siyosat natijasida yer egasining sof iqtisodiy rentasi qanday o‘zgaradi? Yechish. Muvozanat renta darajasini muvozanatlik tenglamasidan aniqlaymiz: 100 200 4 R, bundan R 25000 so‘m bo‘ladi. Yer narxini ma`lum formula bo‘yicha hisoblaymiz: 20000 25 , 1 25 snavkasi foiz bank renta L P so‘m bir gektariga. Agar davlat yer rentasini 3 ming so‘m qilib belgilasa, yerga talab Q d 200 4 20 120 gektarga teng bo‘ladi. Demak, yerga talab taklifdan oshib ketadi. Yer egasining sof iqtisodiy rentasi 100 25 2500 ming so‘mdan 100 20 2000 ming so‘mga tushib ketadi. Qisqa xulosalar Kapital - bu uzoq muddatli oraliqda ishlatiladigan ishlab chiqarish resursi bo‘lib, uning yordamida uzoq vaqt davomida mahsulot ishlab chiqariladi. Kapitalning ikki xil turi mavjud: asosiy kapital (uzoq muddatda foydalaniladigan uskuna, texnologik liniya, bino, qurilma); aylanma kapital (har bir ishlab chiqarish siklida o‘z qiymatini tayyor mahsulot qiymatiga o‘tkazadigan ishlab chiqarish resurslari, xom ashyo, materiallar, yarim fabrikatlar va hokazolar). 245 Ssuda foizi - kapital egasiga uning kapitalidan ma`lum muddat oralig‘ida foydalanganligi uchun to‘lanadigan narxdir. Xarajat va daromadlarni bir xil boshlang‘ich vaqtga keltirish hisob-kitoblariga diskontirlash deyiladi. Bunday hisob-kitoblar investitsiya loyihalarini baholashda keng qo‘llaniladi. Investitsiyalarni tahlil qilganda yillar davomida bo‘ladigan xarajatlar bilan loyihadan olinidigan daromadlarni solishtirishga to‘g‘ri keladi. Kelajakda olinadigan daromadning nafi bugungi kunda olinadigan daromad nafidan kichik bo‘ladi. Nima uchun deganda, joriy daromadga (ya’ni, bugungi kundagi daromadga) kelajakda foiz bo‘yicha qo‘shimcha daromad olish mumkin. Asosiy kapitalga qo‘yilgan investitsiyalar asosan uzoq muddatli bo‘ladi. Asosiy kapitalning xizmat qilish, ya’ni undan foydalanish muddati mavjud bo‘lib, u chegaralangan bo‘ladi. Asosiy kapital xizmat ko‘rsatish muddati davomida firma uchun daromad keltiradi. Bir yildan keyin beriladigan bir so‘mning bugungi qiymati qancha bo‘ladi? Bu savolga javob - foiz stavkasiga bog‘liqdir. Download 5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling