O‘zbеkiston rеspublikаsi


-  bob. ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR


Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet251/398
Sana18.10.2023
Hajmi5 Mb.
#1707592
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   398
Bog'liq
MIKRO MAKRO

20- 
bob. ASOSIY MAKROIQTISODIY KO‘RSATKICHLAR 
 
20.1.Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qo‘llaniladigan asosiy 
ko‘rsatkichlar 
 
Mamlakat 
iqtisodiyoti 
rivojlanishini 
tahlil 
qilish, 
milliy 
iqtisodiyot 
rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bo‘yicha 
chora-tadbirlar ishlab chiqarish uchun bir qator iqtisodiy ko‘rsatkichlardan 
foydalaniladi. 
Hukumat statistik raqamlardan rivojlanish darajasini monitoring qilish va 
iqtisodiy siyosatni shakllantirish maqsadida foydalanadi
22
. Alohida firmalar 
faoliyatiga baho berishda qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlardan farqli tarzda bu 
ko‘rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha sub’ektlari faoliyatiga umumiy baho 
berish, makroiqtisodiy tahlil o‘tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xo‘jaligida 
raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi. 
Bu ko‘rsatkichlarga quyidagilar kiradi: 

Yalpi ichki mahsulot (YaIM), Sof ichki mahsulot (SIM), Yalpi milliy 
daromad (YaMD), Sof milliy daroimad (SMD), shaxsiy daromad (ShD), Shaxsiy 
tasarrufidagi daromad (ShTD), Iste’mol (C), Jamg‘arish (S) ko‘rsatkichlarining hajmi 
va o‘sish sur’atlari; 

iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi; 

mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YaIMdagi ulushi va o‘sish 
suratlari; 

resurslardan foydalanishning samaradorligini xarakterlovchi ko‘rsatkichlar 
(Mehnat unumdorligi, Fond qaytimi); 

davlat budjeti taqchilligi, deflator, iste’mol baholari indeksi, inflatsiyaning 
o‘sish sur’atlari; 

ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi; 

aholining moddiy ne’matlar va xizmatlar iste’moli hajmi, ularning 
jamg‘armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar. 
Davlat budjeti taqchilligi va inflatsiya sur’ati kabi ko‘rsatkichlar umumiy 
makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qo‘llanilsa, YaIM, SIM, YaMD, SMD, ShD, 
ShTD, C, S ko‘rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning parametrlarini va dinamikasini 
tahlil etishda foydalaniladi. 
Bu ko‘rsatkichlar iqtisodiyotning barcha sub’ektlari faoliyatlari natijasi sifatida 
aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi(MHT) tashkil etadi. 
MHT mamlakat buxgalteriyasi vazifasini o‘tagani holda uning standartlaridan kelib 
chiqqan holda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarni hisoblash, mamlakatlararo 
taqqoslovlarni amalga oshirish imkonini beradi. 
22
N. Gregory Mankiw. Macroeconomics. 8 th edition. Harvard University. (NY.: Worth 
Publishers, 2013): 17 


273 
Mamlakat iqtisodiyotining haqiqiy holatini o‘rganish, unga tizimli baho berish 
uchun yuqorida sanab o‘tilgan barcha ko‘rsakichlardan foydalanish zarur, aks holda 
bir tomonlama yondoshuvga yo‘l qo‘yilishi mumkin. 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   247   248   249   250   251   252   253   254   ...   398




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling